Ma’mur Qahhor (1957)

Ma’mur Qahhor 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) falsafa fakultetini tugatgan. Muallifning “Kulib tursinlar doim”, “Sehrli so‘z” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Falsafa fanlari doktori. TONG Tong otmoqda, oppoq tong, maysa shudringga qondi. Ko‘zlarini ishqalab, ana, quyosh uyg‘ondi. davomi…

Muhabbat Safoyeva (1969)

Muhabbat Safoyeva 1969 yilda tug‘ilgan. Urganch davlat universitetida o‘qigan. Uning “Sirli nigohlar”, “Ismsiz rishtalar”, “Muhabbat” nomli she’riy ham­da “Hayot guli” nomli publitsistik maqolalar to‘plamlari nashr etilgan. KUZ To‘kilib bormoqda yaproqlar, Avaylab bag‘riga olar ona yer. Boshida osmonni ko‘targan daraxt, Ehtimol, davomi…

Xurram Rayimov (1950)

Xurram Rayimov 1950 yilda tug‘ilgan. Termiz davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. Ijodkorning “Mohitobonim”, “Qo‘sh­qanot”, “Mehrigiyo”, “Oq tulpor”, “Qalbimdagi qush” singari she’riy, “Yurak uxlamaydi” publitsis­tik kitoblari nashr etilgan. OYMOMO Hoy, oymomo, oymomo, Senla go‘zal keng samo. Gulday yoshingga davomi…

Karimabegim (1955)

Karimabegim 1955 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona davlat pedagogika institutining (hozirgi FarDU) o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Uning “Siz meni bilmaysiz”, “Dildorim, onam” she’riy hamda “Tungi sharpalar”, “Bag‘dod va bag‘dodliklar” nomli nasriy kitoblari nashr etilgan. XALQIM Sen – tuproqsan, avaylagan Hatto davomi…

Ra’no Uzoqova (1916-1947)

Ra’no Uzoqova 1916 yilda tug‘ilgan. Termiz pedagogika texnikumida tahsil olgan. “Mardona yuring”, “Subhidamda uchgan qaldirg‘och” she’riy to‘plamlari, “Malohat”, “Sarviqad”, “Makr va muhabbat”, “Gulandom”, “Tun sirlari”, “Orzu” kabi dostonlar va balladalar hamda “Mehri”, “Rashk”, “Zafarning hukmi”, “Uchrashuv”, “Qasos”, “O‘g‘irlangan baxt” kabi davomi…

Razzoq Abdurashid (1936)

Razzoq Abdurashid 1936 yilda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakulteti jurnalistika bo‘limini tugatgan. Shoirning “Yo‘l boshida”, “Kaftimda olam”, “Sukunat”, “Musaffo osmon”, “Yulduzlar xayoli”, “Ehtiros”, “Yorug‘lik” singari to‘plamlari nashr etilgan. TONG SURURI Borliq yana zebolashdi, Ajab, qara, davomi…