Yoqub Xo‘jayev (1935)

Yoqub Xo‘jayev 1935 yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Gidrometeorologiya texnikumida tahsil olgan. Seysmik stantsiyada ishlash bilan birga, Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qishni davom ettirgan. Bu davrda uning bolalar va o‘smirlaiga bag‘ishlangan ilk she’r va hikoyalari matbuot sahifalarida chop etila boshladi.
O‘tgan asming 60-yillari boshida „Mittivoyning sarguzashtlari” nomli birinchi she’rlar to‘plami nashr etilgan. Keyinchalik „Temir bolakay“, „Shimollik mehmon“, „Uyimizning sehrgari“ va boshqa kitoblari bosmadan chiqdi. Adib O‘zbekiston bastakorlari bilan hamkorlikda qo‘shiqlar turkumini ham yaratgan.
Ko‘p sonli o‘quvchilar bilan uchrashuvlar, asosan, bolajonlar bilan yaqin do‘stlik Yoqub Xo‘jayevga bir qator sarguzasht hikoya va qissalar yozish imkoniyatini berdi. Uning ushbu asarlari munosib taqdirlandi. „Sarguzasht izlovchi — Vundurgay“, „Vundurgay — iztopar“, „Uxlayotgan ajdarho g‘ori“, „Alomat bola sarguzashtlari“ qissalari adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozondi. Yoqub Xo‘jayevning kitoblari orasida „Hammasi qanday bo‘lgani haqida“, „Nuqul sarguzasht“ (birinchi nomi ,,O‘n uchinchi vagon“) nomli avtobiografik qissalar ham mavjud.
Yoqub Xo‘jayev ijodiyotida taniqli shoirlar asarlaridan taijimalar alohida o‘rin tutadi. U Quddus Muhammadiy, Ilyos Muslim, Shamsi Odil, Haydar Muhammad, Kavsar Turdiyeva, Usmon Azimov, Azim Suyun, Farog‘at Kamolova, Durdona Ro‘ziyeva kabi ijodkorlar asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

MARATNING SAYoHATI

Bugun oynakdan qarab,
O‘ylanib qoldi Marat.
Ko‘rinmas bog‘, ko‘chalar,
Hatto itlar, jo‘jalar.
Chorrahalar, moshinlar,
Saroy, peshtoq, koshinlar,
Qayoqda mirshab, daraxt,
Atrof sokin va karaxt.
Shamdayin qotib qolgan,
Oppoq nur chulg‘ab olgan.
Siz qayoqdan qaramang,
Ko‘p qavatli xonadon.
Ulkan kema misoli,
Qalqib-qalqib boradi.
Marat go‘yo kapitan,
Quvnab, balqib boradi.
Qutbchilar kutar shod,
Mezbonlarga Toshkentdan —
Yuz a’lochi tarvuzni,
Jo‘natgandi Boshkentdan.
Sovg‘alarga jo bo‘lgan
Katta Yerning quyoshi,
Tilimi til yoradi,
Yo‘qdir uning qiyosi.
Bu falakning gardishi,
Sizga aytsam ajoyib.
Kema qalqib, Aysberglar,
Qaygadir bo‘ldi g‘oyib.
Nelar boimas hayotda,
Maratga bersin to‘zim.
To‘satdan katta Yerda,
Shu mahal ko‘rdi o‘zin.
Ko‘kka boqib ohista,
Nafasin rostlab Marat.
Eh, attangga, juda tez
Ketdi-da tuman tarqab…

TOPIShMOQ

Dastlab u
Egatda o‘sdi,
So‘ng shumg‘uyaning
Yo‘lini to‘sdi.
Rosa yetilgach,
Pichoqni tig‘latdi.
Oshxonaga borgach,
Oshpazni yig‘latdi.
Ovqatga solmasa,
Boimaydi.
Shakarobning ko‘ngli
To‘lmaydi.

„AZIZ – KEYIN“

Do‘stim so‘rar maslahat,
Men nima deyin?
Azimjonning bahonasi:
— Xo‘p, mayli, keyin.
Yo‘ldan urar dangasalik:
— Shoshmagin, Azim,
Darsingni qo‘y, stadionga
Borishing lozim.
Qoiga olsam kitobni,
Nedir shitirlab,
Xitob qilar bir so‘zni,
Asta pichirlab.
— Mazza qilib, gap sotib,
O‘tirsang bo‘lar.
Vazifani do‘stlaringdan,
Ko‘chirsang bo‘lar.
Tashvish chekar men uchun
Hattoki xolam.
Ko‘ylagingga tugma qadab,
Olsang-chi, bolam.
Ishlarim ko‘p, xolajon,
Tugmadan boiak.
Hozir men-chi, multfilm
Ko‘rishim kerak.
…Attang yana bir kunim,
Behuda o‘tdi.
Daqiqalar soatning,
Etagin tutdi.
— Bo‘ldi, va’da beraman,
O‘zim-o‘zimga.
Bozungarga o‘xshaydi,
Futbol ko‘zimga.
Ha, do‘stlarim, to‘g‘risi,
Nima ham deyin?..
Sinfdoshlar nom qo‘ydi,
„Azimjon — keyin“.
Oltinga teng vaqtimni,
Elga oldirmay
Vazifani bajardim,
Darsni qoldirmay.
Yalqovlikning cho‘chimay
Ta’qib, qahridan.
„Keyin“ degan laqabning
O‘tdim bahridan…