Xosiyat Rustamova (1971)

Xosiyat Rustamova 1971 yil 19 martda Namangan viloyati, Chust tumanidagi Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Osmondagi uy» (1997), «Najot» (2003), «Rido» (2004), «Devor» (2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. M. Svetayeva, A. Axmatovaning ayrim she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2004).

YoZ

Dalalarni quyosh aylanar,
Toblanadi salqin chaylalar.

Chumoli don tashib to‘kar ter,
Og‘ir-og‘ir hansiraydi yer.

Kun yarmida chilla olar tin,
O‘zin soyga tutadi yaqin.

It qushlarga qarar o‘ksinib —
Erga berib yotar ko‘ksini.

Hayratlanar sayyoh tevarak,
Ilkis yerga otlanar falak.

Sezib qolar tog‘lar shu zamon —
Go‘zallikni yashirar oqshom.

* * *

Har qanday shamolga ishonasan cen,
Sochlaring to‘zdimi — har yon tarading?
Xuddi cening toza bag‘ringdayin keng —
Ochilib turadi derazalaring.

Ishqilib baxtimga omon bo‘l, omon,
To‘zg‘igan sochingni turayin ko‘rib.
Mening xayollarim ketar cen tomon —
Ochiq derazangdan kirmoqchi bo‘lib.

MANZARA

Yulduzlar joyidan ketadi qalqib,
Baxtiyor tebranib tun yozar quloch.
Qator simyog‘ochlar ichidan balqib,
Oqbadan oy chiqib kelar yalang‘och.

Maftunman. Zo‘rba-zo‘r nafas olaman,
Esimdan chiqarib kechagi kunni.
Shu holda qayerga olib boraman,
Ko‘ylagi so‘tilgan kelinchak tunni…

* * *

Bo‘ldi qaytarmayman savollarimni
Bilaman, bariga javob berasan.
Boshi ochiqmikan xayollarimning,
Nega qo‘rqmay kirib kelaverasan?

* * *

Boryapman…
Nishonga tegmagan o‘qday,
Kaftimda dunyo bor – go‘yo bir siqim.
Shuncha olomonning ichidan qo‘rqmay,
Yuragimni baland ko‘tarib chiqdim.

Nima ham ko‘ribman qirq yil ichida,
Yashab ham bo‘ldimmi? O, naqadar oz
Ont ichishim mumkin. Bari behuda —
Faqat muhabbatim muhabbat, xolos!

* * *

O‘zimni pishirdim olovlaringda,
Juda uzoq yillar… Sekin… Shoshmadim.
Muzaffar ruhimning bejon tanimdan
Kuygan joylarini olib tashladim.

Bir kun kelib qolsam cening yodingga,
Kechir, tanimasang, ko‘rib chiroyim,
Shuncha kutib-kutib cening oldingga —
Tirik borolmasam, Xudoyim.

ShAMOL

Suvdan kirgan o‘tdanmi,
Tirnar o‘zini otib.
Uydan chiqib ketganmi
Es-hushini yo‘qotib.
Yomon ko‘rmasdim rosti,
Bu shamolning zarblarin.
Erga tushgan gilosning
Po‘st tashladi lablari…

* * *

Kelib qolar qaydandir shoshib,
Ostin-ustun qilib qorlarni.
Shamol yomon haddidan oshib—
Uyqusini buzar bog‘larning.

Bosar nozik nihollarni g‘am,
Yoqmas g‘arblik qushlarning xulqi.
Bahor eshik qoqishi bilan
Eru ko‘kning ochilar qulfi.

* * *

Dunyo ulkan kemaday suzar,
Tog‘ yonboshda tovlanar yal-yal.
Joy talashib qolar yulduzlar –
Oy osmonda to‘lishgan mahal.

Yo‘l izmiga tushar yo‘llarning,
Yulduzlarga to‘lar yer shari,
Qo‘rqib ketgan o‘ychan gullarning,
Uchib ketar kapalaklari.

YoMG‘IR

Bulutlar yoyildi ko‘kni to‘ldirib,
Shamol quvib ketdi sovuq qishlarni.
Yana daraxtlarni o‘yga cho‘mdirib,
Qorasi ko‘rindi oppoq qushlarni…

Bugun ham otgisi kelmay otdi tong,
Bugun ham dardini ichiga yutdi.
Keksaygan holiga qaramay osmon,
Suzg‘ichdan o‘tkazib olar bulutni.

* * *

Vaqt orqada qolar kimdan —
Qayda, nima o‘lchanar?
O‘tib borar eshigimdan
Chang ko‘targan ko‘chalar.

Anglab bo‘lmas biror so‘zin,
Yo‘llar yig‘lab cheksa g‘am.
Daraxt qushga urib o‘zin —
Peshonasin yorsa ham.

Shamol mendan ketar nari
Ko‘rinmasdan ko‘zimga.
Ko‘ylagining etaklari —
Uriladi yuzimga.

* * *

Har kungidan bog‘lar viqorli,
Qarg‘alar ham boqar bepisand.
Qara, jonim, ko‘cha chiroyli –
Sen ham oyna oldidamisan?!
Osmon oppoq,
Er juda mayin,
Balki qorqiz yasarsan qordan.
Senga qanday yetib borayin,
Yo‘llarimni qor bosib qolgan.

* * *

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida,
Betartib xonaday xayelim uyqash.
Oynaga qadalgan ko‘zim yig‘ida –
Yurakni o‘rtaydi allaqanday rashk.
Xudoga borayapman o‘zimni ortib,
Buncha ham go‘zalsan, yam-yashil chiroq!
Mening diqqatimni o‘ziga tortib –
Haydovchi ko‘zgudan tashlaydi nigoh.
O, shu payt…
Kimlardir kuldi – kinoya!
Qaradim…
Yo‘llarni supurar farrosh.
Qizil chiroklarga qilmas rioya –
Mening ko‘zlarimdan oqayotgan yosh.

SEN QADDINGNI KO‘TAR, TUPROQ

Men onamni yerga eqdim,
Vujudimdan oqar titroq.
Men otamni yerga ekdim, –
Sen qaddingni ko‘tar, tuproq.
Yig‘lamadim yuzim tirnab,
0, balandlab ketdi bu g‘am.
Oyog‘imdan chirmab-chirmab,
Meni tashlab ketdi og‘am.
Tentiradim aro yo‘lda,
O, bu yo‘llar tentiradi.
Meni bir kun Siznikiga –
Buyuk g‘amlar keltiradi…
Men onamni yerga ekdim,
Meni qo‘yib yubor, titroq.
Men otamni yerga ekdim, –
Sen qaddingai ko‘tar, tuproq.

* * *

Boray…
Tashqarida to‘xtadi shamol,
Ko‘qda quyuqlashib bormoqda bulut.
Nega indamaysan – turasan behol –
Baqirging kelsa ham saqlaysan sukut.
Azizim, ortimdan kuzatgani chiq,
Qara, men ketishga bosyapman qadam!
Burilib yig‘layman – ko‘zim qup-quruq –
Daraxtday egilib ketmoqtsa tanam.
Sarg‘aygan yaproqlar to‘kilar yursam,
Bu holga dunyo ham ko‘nikkan, ko‘ngan.
Salgina shamoldan qo‘rqadi jussam,
Salgina shamol ham qo‘rqitib qo‘ygan.

* * *

Bir kuni sog‘, bir kun esa xastadirman,
Bir kuni bog‘, bir kun cho‘lu dashtdadirman.
Men Sizlarni bilmadim-u, ammo o‘zim –
Bir kuni tog‘, bir kun yerdan pastdadirman.

* * *

Boshimdagi telpak yumshoq yung –
O‘ldirilgan o‘rmon qiroli.
Mening bitta po‘stinim uchun
Yo‘q qilganlar qancha quyonni?
Hayot menga qilar qancha sarf,
Bo‘lardi-ku tezroq qarisam.
Bo‘ynimdagi qimmatbaho sharf –
Esdalikdir suv parisidan.
Jilolanar burgutko‘z sumkam,
Yuragimga dengiz sochar dur.
Timsohteri etigim bilan
Men atrofga boqaman mag‘rur.
To‘ldiraman har kun kamini,
O, naqadar o‘chman hashamga.
Hayot bori jonzotlarini
Dafn etar mening jussamga.

TUG‘ILGAN KUNIMDA

Eshitilar yurak urishim,
Demak, hali aylanmoqda qon.
Do‘stlar, mening tirik turishim –
Qancha gulga keltirar ziyon.
O, bu ne hol?
Bu qanday jazo?
Nega gullar ko‘tarmas suron?
Mening jonsiz vujudim, hatto
Ko‘p gullarga keltirar qiron.

* * *

Tun boglarning ichida,
Ozgina olgan ichib.
Qushlar oyoq uchida –
Qaygadir ketar uchib.
Shamol kezar behuda,
Suvlar ko‘p oqar zilol.
Osmonning bir chetida,
Koptok o‘ynaydi hilol.

* * *

Qirdan podalar qaytdi,
Har yerga yoqildi sham.
O‘zicha qo‘shiq aytib –
It yotadi xotirjam.
Hamma ishlar bexato,
Solinadi o‘rinlar.
Cho‘ponga oy ham, hatto –
Bo‘ri bo‘lib ko‘rinar.