Sulton Jabbor (1940)

Taniqli bolalar shoiri Sulton Jabbor 1940 yilda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi Navoiy nomli qishloqda tug‘ilgan. U Toshkent shahridagi paxtachilik bo‘yicha agronomlar tayyorlaydigan qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qidi.
1957 yilda dastlabki she’rlari bilan vaqtli matbuotda qatnasha boshladi. Keyinchalik Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat kabi ustozlarining nazariga tushdi. Sulton Jabbor bolalar matbuotida, nashriyotlarda xizmat qildi.
Uning ,,Zog‘chalar bozori“, „Oftobxon“, „Bog‘larqo‘shig‘i“, „Quyosh qoldi dalada“, „Sevinib yashayman“, „Kitob mehri“ va „Quvonch“ deb nomlangan asarlari nashr etilgan. Shoirning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U ,,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ hamda „Mehnat shuhrati“ ordeni sovrindoridir.

RAHMAT MENGA TEKKANI

Mirzaterak novdasidan
Ko‘p qalamcha tayyorlab,
Yo‘l bo‘yiga mehr bilan
Qadagandim qatorlab.
El koriga yarab qoldi,
Yaxshi bo‘ldi ekkanim.
Odamlar uy qurib oldi,
„Rahmat“ menga tekkani.

ShAMOL MENGA YoQADI

Uchirsa ham do‘ppini,
Shamol menga yoqadi.
Koyimanglar ko‘p uni,
Shamol jonning rohati.
Hush ko‘raman xo‘p uni,
Shamol meni „boqadi“:
Shox silkitib har kuni
To‘p-to‘p yong‘oq qoqadi!

TOG‘ RAYHONI

Bir do‘st rayhon tutqazib
Oliy himmat ko‘rsatdi.
Bu — oddiymas, shifobaxsh
Tog‘ rayhonin ko‘chati.
Bog‘ to‘riga o‘tqazay,
Dimogiami chogiasin.
Do‘st himmatin eslatib,
Yuraklami bog‘lasin.

ShIRIN TUSh

Xursand uyg‘onaman,
Ko‘rsam shirin tush.
Yaxshi tush ko‘rganda
Ko‘nglim bo‘lar xush.
Sinadim:
O‘ngimda
Shod yurgan kunim,
Shirin tushlar ko‘rib,
O‘tadi tunim.

PALAGI TOZA

Nega ba’zi kishini
Palagi toza, derlar.
Maqtab xulqi, ishini,
Oling andoza, derlar.
Qovun palagi toza,
Demak, tushmagan kasal.
Hosili ham mo‘l rosa,
Mazasi ham naq asal.

POLIZDA

Kunim o‘tar polizda
Parvarishlab — ovunib:
Band beradi hademay,
To‘rlab qoldi qovunim.
Polizingiz bo‘lmasa,
Kelavering mehmonga.
Bitta qovun ne bo‘pti,
Qo‘li ochiq dehqonga!

ANOR

Namanganda bir bog‘ga kirsam,
Anorlari handalakcha bor.
So‘yib ko‘rsam, yoqut donlari
Xuddi qoida terganday qator.
Qani, anor donalariday
Terolsaydim so‘zlar gavharin,
Bog‘bon kabi xalqimga men ham
Tutar edim she’riy daftarim.

BOG‘IMDAY

Yomg‘ir yog‘ar shovullab,
Yuvar changni-g‘uborni.
Cho‘miltirib, bogimning
Husnin ochib yubordi.
So‘limlashdi barglari,
Mevalari yoqimtoy.
Jannatsimon bog‘ bormi
Dunyoda hech bogimday!

KO‘ChATIM

Urug‘ini undirib,
Payvandladim — uladim.
Parvarishni do‘ndirib,
Yalqovlikni quvladim.
Nihol bo‘lib, yetilib
Xayrlashar ko‘chatim:
Daraxtlikka intilib
Yangi joyga ko‘chadim.

HOY, AYYoR!

„Yana ahvolimdan
Birov kulmasin,
Oldin bodom bilan
O‘rik gullasin!
Sovuqqa chalinib,
Tashvishga qolmay:
Hali qor yog‘ishi
Mumkin“, — der olma.
Bodom bilan o‘rik
Gullab bo‘lishdi,
Gulbargin shamolga
Pullab bo‘lishdi.
Endi, g‘o‘rasini
Bag‘riga bosib,
Tebratar, osmonga
Belanchak osib.
Olma qarab turar
Tomosha qilib,
Havasmi, hasaddan
Og‘zi ochilib.
Gullashda kechikding
Hoy, ayyor olma.
Vaqtida meva tug,
Aldanib qolma!