Gulchehra Nurullayeva (1938-2021)

Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956—1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961—1967) jurnalida ishlagan. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan. Uning ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami davomi…

Ismoil To‘lak (1947-2003)

Iste’dodli shoir, adabiyotshunos olim Ismoil To‘lak Andijonning Xorabek qishlog‘ida 1947 yilda tavallud topgan. Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Andijon davlat pedagogika institutida (1971—1995), Andijon davlat tillar institutida dars bergan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazida mas’ul vazifada ishlagan. davomi…

Jonibek Subhon (1944)

Jonibek Subhon (Jonibek Suvonqulov) 1944 yil 9 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. «Sirdaryo haqiqati» gazetasida (1970—1980), O‘zTAGning (hozirgi «O‘zA») Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri (1980—1984), Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi davomi…

Abdulla Jalil (1948-2021)

Shoir va publitsist Abdulla Jalil (Abdulla Abdujalilov) 1948 yil 15 mayda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1972). To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Mash’al» ro‘znomasida adabiy xodim, Pop tuman ro‘znomasida muharrir, Pop tumani jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi kengashining raisi, O‘zbekiston davomi…

Sobit Madaliyev (1949)

Shoir, nosir, tarjimon va publitsist Sobit Madaliyev 1949 yil 2 martda Jambulda tug‘ilgan. 1969 yili Toshkentga ko‘chib o‘tgan. 1972–1990 yillarda Moskvada ishlagan. 1977 yili M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini bitirgan. 1990 yili Toshkentga qaytgan. Sobit Madaliyev 1991–1996 yillarda «Zvezda Vostoka» jurnalining davomi…


Maqolalar mundarijasi