Sobir Jabbor (1955)

Sobir Jabbor – 1955 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini bitirgan. Uning “Yashash imkoni” she’riy to‘plami nashr etilgan. Tarovat Bulut ohang sevalab o‘tdi Bog‘lar uzra, dalalar uzra. Tog‘lar uzra qahqaha ketdi, Quyosh qiziq latifa so‘zlar. Pokizalik – davomi…

Ma’mura Zohidova (1973)

Ma’mura Zohidova – 1973 yilda tug‘ilgan. Namangan davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Respublika matbuotida ko‘plab ilmiy-ommabop maqolalari, “Aytilmay qolgan gaplar”, “Hikoyalar”, “Najot kuyi” kabi she’riy va nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Shamol bilan suhbat Shamollar, yo‘l bo‘lsin sizga, davomi…

Egam Rahim (1918-1977)

Egam Rahim (1918–1977) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Xorazm davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Ijodkorning “Baxt yo‘li”, “Yangi qadam”, “Qo‘shig‘imsan, Xorazm”, “Nurli izlar”, “Jayhun nidosi” singari to‘plamlari nashr etilgan. HAYoT Qanday shirin, qanday ko‘rkamsan, Nima bo‘lur sening bilan teng. davomi…

Hayitboy Abdusodiq (1957)

Hayitboy Abdusodiq – Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ijodkorning “Meni kashf eting”, “Yorug‘lik istagi”, “Aslim, aslim xo‘ja eli”, “Tirik tug‘ilgan oy” nomli she’riy kitoblari nashr etilgan. Ota yurt Ko‘zlarimni yumsam davomi…

Nasrullo (1988)

Nasrullo (Ergash Rahmatilla o‘g‘li) – 1988 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. She’r va maqolalari markaziy mat­buot sahifalari hamda bir qancha bayozlarda chop etilgan. * * * Shir-shir yog‘ar ship-shirin yomg‘ir, shir-shir… uchar labingdan so‘zlar. Shir-shir yog‘ar ship-shirin yomg‘ir, yomg‘irlarga davomi…

Abdusattor Jumanazar (1961)

Yofas Alpin (Abdusattor Jumanazar) – 1961 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetini tugatgan. “Xilvat ahli”, “O‘rgimchak kitobi”, “Nasaf”, “Mashrab”, “Vaxshuvor”, “Buxoro ta’lim tizimi tarixi” kabi asarlari nashr qilingan. Tiriklik madhiyasi Sahar chog‘i Minoradan taralayotir Jonlarni uyg‘otuvchi ohang. davomi…

Zokir Xudoyshukur (1971)

Zokir Xudoyshukur 1971 yilda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kofrun qishlog‘ida tug‘ilgan. 1989-1994 yillarda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “O‘zbekiston futboli” gazetasi, O‘zbekiston radiosi “Mash’al”, “Yoshlik” muharririyatlarida muharrir, katta muharrir, sharhlovchi, bosh muharrir o‘rinbosari, “Yoshlar” radiokanalida bosh muharrir vazifasida davomi…


Maqolalar mundarijasi