Obid Rasul (1922-2001)

Taniqli bolalar shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi a’lochisi Obid Rasul o‘z ijodiy faoliyatini jajji o‘g‘il-qizlarimiz uchun quvnoq she’rlar yozishga bag‘ishlagan. Uning „Ko‘k chakmonli yigitcha“, „01mazor“, „Quvnoq bolalar”, „Asal amaki“, „Sadaf tishli amaki“, „Chashma“, „Keling bizning polizga“ singari bir talay kitoblari yosh avlodning ma’naviy mulkiga aylangan.
Obid Rasul uzoq yillar davomida maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaganligi uchun ham bolalaming fei-atvorini juda yaxshi bilardi. Shuning uchun pedagok shoiming she’rlari yosh kitobxonlar qalbiga tez yetib boradi.
Shuningdek, Obid Rasul uzoq yillar davomida yosh avlodga ta’lim berish bilan birga o‘zi ishlagan Yangiyoi shahri atrofidagi maktablar qoshidagi yosh ijodkorlaming to‘garaklariga yetakchilik qilib, bir talay iqtidorli matbaa xodimlarining, jurnalistlarning sevimli ustoziga aylangan.

KITOB

Darslik kitob qo‘lingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.
Erkin ham but yuritsa,
Muallim xursand bo‘lar.
Kitobga mehri ko‘pni
Sinfdoshlar xush ko‘rar.
Kitobing qoidan qoiga,
O‘tib borsa top-toza.
Undan ko‘plar shodlanib,
Olishadi andoza.
Kitob bilim manbayi,
Bu barchaga ayon — haq.
Kitob o‘qib yashasang,
Umring o‘tar xushchaqchaq.

XAYRIXON VA MAYLIXON

Bir tup shotut
Va olmurut
Ushlab qoida,
Borar yo‘lda
Maylixon, Xayrixon.
O‘zbek, qirgiz,
Go‘yo egiz.
Yon qishloqdan,
Jon qishloqdan
Xayrixon, Maylixon.
Maktab bog‘in,
Chor atrofin
Etishar bog‘,
Jon-jon o‘rtoq
Xayrixon, Maylixon.

PILLA – TILLA

Qaddi raso tut ko‘chatim,
Novda bargi shapaloq.
So‘kichakda ipakqurtim,
O‘rmalab yasar qo‘noq.
Dahasida tutam-tutam,
Barg solaman to‘ysin deb,
Ardoqlayman erta kunda,
Ipagini qo‘ysin deb.
Yig‘dik, ana, sof mehnatim —
Natijasi to‘q pilla.
Shoyi-atlas kiyar yurtim,
Bebaho ipak-tilla.

TOShKENT

Hur shahrimsan,
Nur shahrimsan.
Odamlar daryo —
toshqin.
U ko‘chadan,
Bu ko‘chadan.
Chiqishar ishga —
shoshqin.
Shahri azim,
Senga ta’zim.
Sen onaday —
muqaddas.
Ko‘rgan odam,
Butun olam
Mehri senga —
chambarchas.

SIZ MEHRIBONIM

Siz mening quyoshim,
Mehribon onam.
Siz bilan munavvar
Hovli-yu xonam.
Munisim, mo‘tabar,
G‘amxo‘rim onam.
Manglayim to‘rida,
Boshda parvonam.
Bahordan bahorlar
Yaratgan aziz.
Hikmatli murabbiy,
So‘zlari laziz.

TOP, O‘RTOQ!

Ikki joyda ikki boisa
Juft bo‘larmi yoki toq?
Top o‘rtoq!
Shu tik turgan joyingda,
Shimol-u sharq, g‘arb qayoq?
Top, o‘rtoq!?
Oymi, quyosh yo yulduz,
Qaysi biri yarqiroq?
Top, o‘rtoq!
Kaklikmi yoki bulbul,
Qaysi biri sho‘x sayroq?
Top, o‘rtoq!

SINFDOSh

Chiroyli xat yozmoqqa
Juda havasmand edim.
Aiochi qiz — Qumriga:
„Biroz yordam ber“, — dedim.
Shod boqib sinfdoshim,
Cho‘zdi yordam qo‘lini.
Endi men ham bilaman,
„5“ olishning yo‘lini.

HUNARMAND

Qo‘lida cho‘tka, moyi,
Doim ochiq chiroyi,
Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am
Etmish hunarda bekam.
U bo‘yagan rom, eshik,
Tunukali tom, eshik,
Devorga chizgan naqshi,
Qanday charaqlar yaxshi.
O‘zlari xo‘p o‘qigan,
Ertak, she’rlar to‘qigan.
Yana usta pazanda,
Qo‘shiqchi ham sozanda.
Uning yopgan shirmoyi,
Toiin oyday chiroyi.
Bo‘yoqchi Turg‘un tog‘am
Etmish hunarda bekam.
Tog‘am kabi serhunar,
Boisang, hunardan unar.

TINChLIK YaShAR

Vatanim — quyosh,
Boshimni silar,
U menga ko‘z-qosh,
Iqbolim tilar.
Quvnab erkin, shod,
Bo‘laman katta.
Baxt bor umrbod,
Tinch mamlakatda.