Kavsar Turdiyeva (1958)

Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetiga o‘qishga kirgan, so‘ng Sankt-Peterburg davlat universitetini o‘qib tugatgan. Hozir Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Shoiraning „Varrak“, „O‘ynayapman, o‘ylayapman“, „Qush bo‘lib uchgan ona“, „Raqamlarbo‘ylab sayohat” kabi to‘plamlari bolalar qalbining beg‘ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko‘rsatishga qaratilgandir.
Filologiya fanlari nomzodi Kavsar Turdiyeva kino san’ati sohasida ham samarali ijod qilmoqda. Uning „Zumrasha“ hajviy kinojurnali uchun tayyorlagan „Ma’naviyatli bo‘laylik“, „Sumalak va tilak“, „Yodlasam boimasmidi?“ kabi asarlari yuqori baholangan. Kavsar Turdiyevaning multfilmlar, telefilmlar uchun yozgan qo‘shiqlari ham ommalashib ketgan.
Uning „Raqamlar bo‘ylab sayohat“ (2001), „Ona isi“, „Obod mahallam ko‘chalari“, „Hayvonot bog‘i“, „Salomat bo‘ling“ (2003), „Botu nidosi“, „Obod mahallam bo‘ylab“, „Toshkesarlar mamlakati“ (2004), R. Farhodiy to‘plami tarjimalari (2005), ,,O‘n yumush“, „Tozalik — go‘zallik“ kabi kitoblari chop etilgan.

VATAN IQBOL KUTAR

I

G‘ayrat bo‘lib, shiddat bo‘lib,
Asov hayot toshar.
Daryo bo‘lib, ziyo bo‘lib,
Shoshil togiar osha.
Jumboqlarga javob bo‘lib,
Moziy hikmat aytar.
Hikmat bo‘lib, qudrat bo‘lib,
Uni sen ham qaytar.
Naqarot:
Menda, senda, bizda,
Har bir o‘g‘il-qizda.
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam.
Mendan, sizdan, bizdan,
Barcha o‘g‘il-qizdan
Vatan iqbol kutar,
Bizga imkon tutar.

II

G‘uncha bo‘lib, kuchga toiib,
O‘ynab, kulib yashna.
Bilim sari, ilm sari,
Intil bo‘lib tashna.
Yurtning shonin, porloq nomin,
Tug‘dek baland ilgin.
Jahon bilsin, havas qilsin,
Sen ham shuni bilgin.
(N a q a r o t)

III

Yillar ichra, yoilar ichra,
G‘animatdir hayot.
Ozod yurtni, obod yurtni,
Bizdan olsin avlod.
Ajdodlaming porloq ruhi
Najot so‘zin aytar,
Nidolarin, sadolarin
Yo‘riq qilib aytar.
(Naqarot)

USTOZLAR

Sizgadir yo‘ldoshlar,
Ezgulik, bardoshlar.
Izingiz olqishlar e’zozlar,
Daftarlar qatida,
Mehrlar yodida,
Nur bo‘lib yashaysiz, ustozlar.
Siz bergan odobdan,
Go‘yoki oftobdan,
Bahorga aylanar ayozlar.
Har sinf xonada,
Mehribon onaday,
Bizlarni qarshilar ustozlar.
Ko‘tarib qaddimiz,
Yozdirib xatimiz,
Qoralab ko‘p daftar, qog‘ozlar,
Deb, mitti daholar,
Bizlami baholar,
Har fursat baholar ustozlar.
Ulg‘ayar nihollar,
Echilar savollar,
Sevinchlar topadi qiyoslar,
O‘tsa ham arazlar,
Sizda yo‘q g‘arazlar.
Sizda ko‘p havaslar, ustozlar.
Fan degan o‘lkaga,
Bilimni yelkaga,
Siz ortgach, qilamiz parvozlar,
Har kichik sarhadda,
Quvonib albatta,
Bizlarga qaraysiz, ustozlar.
Bu kunlar tush bo‘lib,
Uchirma qush bo‘lib,
Sog‘inchdan titrasa ovozlar,
Mehrlar yo‘lkasi,
Ma’rifat o‘lkasi
Sizlami eslatar, ustozlar.

MENDAN AZIZ ShIPPAK

Suvga tushib shippagim
Suzib ketdi birpasda.
Topmay uning daragin,
Bosh egib qaytdim asta.
Bo‘ldi rosa to‘polon,
Qiynalib ketdim yomon.
Akam olib xipchinni,
Qo‘rqitib ham qo‘ydilar.
Dadam hech bir gapirmay,
Qovoqlarin uydilar.
Opam esa dedilar:
„Noinsofga bir qarang —
Xayf senga yangi kiyim,
Yuraver oyoqyalang“.
Hatto mehribon onam,
Shippagingni top, dedi.
Uni topmaguningcha,
Ket, eshikni yop, dedi.
Uydagilar mehri ham,
Chiqqandayin chippakka.
Juda keldi havasim,
Mendan aziz shippakka.

BO‘LING HARFGA HURMATDA

Alifbeda nechta harf,
O‘yla, aqling qilib sarf!
Go‘yo ko‘z-u burni bor,
Har bir harfning o‘rni bor.
Har bir harf buyuk erur,
Har biri juda zarur.
Adashtirmagin zinhor,
Savod senga bo‘lsin yor.
Bir harf o‘zgarsa agar,
„Ko‘r“ to‘satdan bo‘lar „kar“.
Adashtirsang „i“ni bir,
„Kar“ bo‘lib qoladi „kir“.
„B“ harfsiz gavjum „bozor“,
Keltirar dilga „ozor“.
Yugurgan chopqir „jayron“,
Bir harf deb bo‘lar „vayron“.
Hatto sog‘lom, kuchli „fil“,
Harf o‘zgarsa bo‘lar „sil“.
„Pul“ aylanadi „kul“ga,
„Tol“ aylanadi „tul“ga.
Hattoki shirin „bola“,
„B“ harfsiz bo‘lar „ola“.
Shunday holga bo‘ldim duch,
Bitta harfdan hatto „kuch“,
O‘zgardi-yu, bo‘ldi „puch“,
„P“ qochdi-yu, qoldi „uch“.
Qish yozdi bir so‘zni „muz“,
Bahor to‘g‘riladi „buz“.
Qish yana yozdi „ayoz“,
„A“siz „ayoz“ issiq „yoz“.
Har bir harf shunaqa „zo‘r“,
Ishonmasang sinab ko‘r.
Degin: sho‘rva buncha „zo‘r“,
Bir harf bilan udir „sho‘r“,
Harfi o‘zgarsa biroq,
„Qovoq“ ham chinni „tcvoq“.
Bir harf deb butun „qishloq“,
Bo‘lib qoladi „pishloq“.
„Kun“ aylanadi „tun“ga,
Ishonmaysanmi bunga?
Axir bo‘lar „torga os“,
„D“ o‘zgarsa „dorga os“.
Neni osamiz torga,
Kimni osamiz dorga?
„D“ harfi aytar shartta,
— Savodsizni, albatta!
Osmasak ham yozamiz,
Kitob qilib bosamiz.
Yalinmasin ham hatto,
Boshqa qilmasin xato.
Shunday ekan, azizlar,
Savodli bo‘ling sizlar!
Va boiinglar, albatta,
Har bir harfga hurmatda.