Hamidulla Yoqubov (1921-2001)

Taniqli bolalar shoiri Hamidulla Yoqubov 1921 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Pedagogika bilim yurtini bitirgach, bir necha yillar o‘qituvchilik qilgan.
Hamidulla Yoqubov ikkinchi jahon urushining qatnashchisidir. Uning „Salom berib o‘tamiz“, „Oyga poyga“, „Telegramma“, „Anorzor“, ,,O‘n bola“, „Quyosh sovg‘asi“ kabi o‘nlab kitoblari nashr etilgan. Shoiming she’rlari ixcham va ravonligi bilan ajralib turadi. H. Yoqubov ,,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.

ShO‘RTAN GAZChISI

Sho‘rtan azim,
Bitmas gazim,
Iqboli Gazli qiyos.
Er qa’ri o‘t,
Keng bag‘ri o‘t,
Misoli ko‘mma quyosh.
Jon-jahdimga,
Dov shahdimga
Do‘zax otashi taslim.
Men devkorman,
Olovkorman,
Har ishga qodir naslim.
Gazdan yayrab,
Dashtda yashnab,
Bahra olar choiquvar.
Quvur bo‘ylab,
Elib o‘ynab
Otash uzoq yoi yurar.
Lov-lov yonsin,
Kuchga qonsin
Sirdaryo nurxonamiz.
Mayli kun-kech
O‘choqmi, pech
Yoqsin tsex, gulxonamiz.
Sho‘rtan azim,
Qondir gazim,
Tugamaydi alanga.
Qarshi dashtim,
Oltin dashtim —
G‘azinamiz Vatanga.

HOVLIM

Hovlim gulshan,
Chah-chah kulsam,
Haqqim bor,
Ho,
Haqqim bor.
Uyim-joyim —
Gul chiroyim,
Faxrim bor
Ho,
Faxrim bor.
O‘yinchoq ko‘p,
Chin o‘rtoq ko‘p
Hovlimda,
Ho,
Hovlimda.
Quvnoq, sho‘xman,
To‘kis-to‘qman
Davrimda,
Ho,
Davrimda.
Tok tagi soz,
Suv labi soz,
Saranjom,
Ho,
Saranjom.
Mehmon bo‘lib
Kelgin kulib.
O‘rtoqjon,
Ho,
O‘rtoqjon.

OQ ChAShMA

Oq chashma,
Oq chashma,
Oq chashma, qandoq chashma?
Qir, adir qaynoq chashma!
Balki o‘rkach tog‘lardan,
Yashil o‘tloq bog‘lardan
Silqillab chiqqan chashma,
Bilqillab chiqqan chashma.
Oq chashma qanday chashma?
Chashmaday qaynar chashma.
Rangi paxtadan oqdir,
Nurdek beg‘ubor, pokdir.
Sog‘sa sira sop boimas,
Qatracha isrof boimas.
Oq chashma, oppoq chashma,
Fermada har yoq chashma:
Sogin har xil sigirlar,
Ola, targil sigirlar,
Yozin-qishin boqilar,
Mashinada sogilar.
Oq chashma, kumush chashma,
Farovon turmush chashma.
Sigimi oshna qilgan,
Sutini chashma qilgan.
Mehribon molboqaming,
Azamat sutsog‘arning
Mehnati asl chashma,
Himmati asl chashma.

BIR, IKKI, UCh DEYMAN

Bir, ikki, uch deyman,
Uchdan qolgan puch deyman.
Valijon a’lo o‘qir,
Besh bahosi g‘uj deyman.
Darsga yalqov Teshaga
Nuqul ikki, uch deyman.
Yumush qilgan dastyorni
Mehnatkash, serkuch deyman.
So‘kong‘ichning tiliga
Garmdori, murch deyman.
Salom bergan bolani
Rahmat aytib, quch deyman.