Mahzun (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Uychida qozilik qilgan. * * * Qachonkim la’li nabing so‘zda mayli no‘shxand etdiHazin jonu ko‘ngilni talxkomu dardmand etdi. Buti nomehribonu mastu lo ya’qul chiqib vahkimBoshimg‘a sekratib hoki tanim gardi samand etdi. Vafosiz davomi…

Munshiy (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Asl ismi Mulla Qodir quldir. Xon saroyida ishlagan. * * * Ey pari, la’li labing qandi mukarrardek laziz,So‘zlaring, jono, ko‘ngilga shahdi shakkardek laziz. Jon berur la’ling tamannosida Xizr ila MasihKim erur labtashnalarg‘a davomi…

Muzmar (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Hisor o‘zbeklaridan, Qo‘qonga Buxoro orqali kelib o‘rnashgan. * * * Muncha kim kajrav bo‘lurmu charx raftorin ko‘ring,Rostliq kasbi ekan dahr ahli kirdorin ko‘ring. Dahr zoli mehrsizlikda erur yakto valekOnchi yuz berahm erur davomi…

Manzurabonu (1900-1970)

Bonu yoki Manzurabonu taxallusi bilan qalam tebratgan bu shoira Nozimaxonimning iste’dodli shogirdlaridandir. Toshkentning sobiq Rais ko‘cha mahallasi (hozirgi Xurshid ko‘chasi)da tug‘ildi. Mahalladagi eski maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq ziyrak, aqlli, qiziquvchanligi bilan atrofdagilarning diqqatini tortdi. U Navoiy, Fuzuliy va Mashrab she’rlarini davomi…

Shavkat (1882-1934)

Mirzohidoxund o‘g‘li Sirojiddin Shavkat adabiyotimiz tarixida Shavkat, Sidqiy, Iskandar, Shevan taxalluslari bilan ijod etgan adibdir. Shavkat 1882 yilda Toshkent viloyatining Xondayliq qishlog‘ida kambag‘al oilasida tug‘ildi. Shavkat shoir, tarjimon, xattot, noshir, rassom sifatida adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida qalam tebratdi, Shoir «Devoni Sidqiy», davomi…

Karimbek Kamiy (1865-1922)

Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yilgacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko‘pgina davomi…

Muhammad Yusuf Bayoniy (1858-1923)

Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o‘g‘li) (1858— Xiva — 1923) — O‘zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil ko‘rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g‘ijjak chalishda mohir bo‘lgan. Bayoniyning davomi…

Fazlulloh Almaiy (1852-1891)

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini davomi…

Yusuf Saryomiy (1840-1912)

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur o‘g‘li) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlog‘i — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qo‘qon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida o‘qigan va unga atab she’rlar yozgan davomi…


Maqolalar mundarijasi