Jaloliy (XIX asr)

XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. Asl ismi Jamoliddin xo‘ja ibn Kamoliddin xo‘ja. Buxoro madrasasida ta’lim olgan. Hijriy 1261 (1845) yili Qo‘qonda vafot etgan. “Devon”i bor.

* * *

Ko‘rdum bu dahr ichra ulus podsholig‘in,
Oldim o‘zumga ahli muhabbat gadolig‘in.

Saf olg‘on anjuman ahli dil ko‘rub
Tark ayladim zamona elin peshvolig‘in.

Pomoli g‘am edim necha yil javridin, kun-tun
Bildim muhabbat bodasini g‘amzadolig‘in.

Harvaqt izzu joh ahlig‘a begonalik etib
Tutdim g‘aribu xasta elin oshnolig‘in.

Zohid qilur tanaki, zuhd aylamading
Mandin gunoh tegur aning porsolig‘in.

Ey aql, man’i ishq etib ko‘ndirolmading
Bildingmu endi bu ko‘ngil mubtalolig‘in.

O‘tdi tamomi umr Jaloliy, murodiga yetmadi
Bidurdi bu jahon o‘zini benavolig‘in.

* * *

Sarig‘ tuproq emas gulshanda bu rangi nazorimdur,
Qizarg‘an gul emas har yoni chashmi xunfashonimdur.

Emasdur gardi bu har lahza bu vodiyda charx urgan
Takopo‘yi junundin el aro qolg‘on g‘uborimdur.

Qarorg‘on shom emas, baxtim savodi urdi dayr ichra,
Oqorg‘on subh emas yo‘lungda chashmi intizorimdur.

Emas sunbul, erur jon rishtasi sarvingga chirmashgan
Gur ermas furqatingdin o‘t tutashgan jismi zorimdur.

Emas hol yuz uzra tig‘ing damidin sachragan qonim
Emas yel, titragan zulfingga joni beqarorimdur.

Emas gulshanda har su otashin gul xo‘blar ichra
O‘turg‘on bu chaman sayrinda sarvi gul uzorimdur.

Gadolig‘idur Jalolidding‘a sansiz davlati shohiy
Kamina itlaring zaylida bo‘lmoq iftixorimdur.

* * *

Naylayin jon bo‘lsayu jon ichra jonon bo‘lmasa
Vasl kim bo‘lsa muyassar dog‘i hijron bo‘lmasa.

Ko‘rdi gulni bulbulu sho‘rida qildi ko‘p fig‘on
Vah na bilsun gulni qadrin dog‘i pinhon bo‘lmasa.

Kimki, lazzat vaslidin istar, kirar hijron aro
Jon topolmas ul kishikim toki bejon bo‘lmasa.

Tori zulfing ko‘rgali baxtim qorong‘uk bo‘ldikim
Gul ochilmas bog‘ aro ul lal xandon bo‘lmasa.

Zohido qilma riyo jondin kechib, kir ishq aro
Vosil o‘lmas ul kishikim yoki uryon bo‘lmasa.

Dardi zo‘rimni ko‘rub kelma boshimga, ey tabib
Dard dorudin tuzalmas vasli darmon bo‘lmasa.

Ey Jaloliy zulf tobidin gar o‘lding buncha zor
Naylasin oshiqqa hajrida anga jon bo‘lmasa

* * *

Na yanglig‘ oqti hajring dastidin bu jismi uryonim,
Ezildi shiddati shavqi bilan bu bag‘ri biryonim,
Damodam furqatingni zavqi kuydurdi hazin jonim,
Buzuq bir manledur hajrida bu jismii uryonim,
Ko‘nar har dam ko‘rub g‘am karvoni dudi xirmonim.

Bihamdillahki, ishqingni guzori birla pok erdim,
Seni vasling tilab hech tinmadi(yu) dardnok erdim,
Tanimda xongil emas ishq hanjaridin siyna chok erdim,
Ochilgan lola ermas hajr sahrosida xok erdim,
Ki oxir zohir o‘ldi tufrog‘imdin dog‘i pinhonim.

Murodu maqsadim uldur falak zarrin ravoqidin,
Ko‘ngulni shod qilg‘aymu bu shah rasmi siyoqidin,
Ko‘zumni ravshan etgaymu nujumi ixtiroqidin,
Yo‘lida to sahar har tun qudumi ishtiyoqidin,
Yoqar o‘t bag‘ri pur so‘zim, separ suv chashmi giryonim.

Ko‘ngul yuz pora bo‘ldi kasrati xanjar ila yorab,
Yotib zindoni g‘amda necha qayg‘ular ila rab,
Xumorim daf’i qilsang na bo‘lur sog‘ar ila yorab,
Qolib jon vaslidin jismim arodur hajr ila yorab,
Na bo‘lg‘ay baytulahzan ichra holi piri Kan’onim.

Muhabbat shu’lasi kuydurdi, do‘stlar, yo‘qu borimni,
Xazoni g‘am tegib so‘ldurdi bul dam lolazorimni,
Ki bir jomi murassa’ birla daf’ ayla xumorimni,
Quyuni ishq sargardon qilib chandin g‘uborimni,
Bu shomi hajr o‘tdi, o‘tmadi ul mohi tobonim.

Nazar omola qil, to rahmi kelgay gul uzorimni,
Tarahhum aylagay shoyad ko‘rub oshifta holimni,
Muruvvat aylabon kuyiga yetkurgay guzorimni,
Jaloliddin yig‘ildim, yer uza chashmi nizorimni,
Kelur so‘rmoqg‘a har dam ohi sardu ashki so‘zonim.