Burhoniddin (XV asr)

Burhoniddin (15-asr) o‘zbek shoiri. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da boshqa haqida ma’lumot berib, «Hiriy shahrining buzurgzodalaridindur, donishmand va xushta’b va sabukruh kishidir», deb baholagan.

U Shohrux Mirzo madrasasida dars bsrgan. Muammo janrida shuhrat topgan. Abulqosim Bobur Mirzoga bag‘ishlab «Javohir ul-asmo» muammo risolasini yozgan.

Navoiy va Darvesh Alilarga atab ham muammolar bitgan. 1469 yilda Husayn Boyqaro Navoiyni muhrdor tayin etganida yozgan bag‘ishlov muammosi mashhurdir.