Bositxon Haqiriy (1878-1959)

Bositxon Zohidxon o‘g‘li (taxallusi Haqiriy) (1878—Toshkent — 1959.22.5) — uzbek shoiri, tarjimon, tabib. Orifjonov bosmaxonasida musahhih (1908—18), Chinoz va Chimkent maktablarida o‘qituvchi (1918—30), Sharq qo‘lyozmalari instituti (hozirgi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti)da ilmiy xodim (1944—53) bo‘lib ishlagan.

O‘zbek va fors tillarida ijod etgan, arab tilini yaxshi bilgan. G‘azal, muvashshax, murabbaa, musamman, tarji’band, muxammaslar yozgan. She’rlaridan bayoz («Bayozi Haqiriy», 1936) tuzgan.

G‘azzoliyning «Daqoiq ul-axbor» («Nozik xabarlar») asarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan (1907, 1914). Xalq tabobatiga oid «Qonuni Bositiy» yoki «Qonun almabsut» («Mukammal qonun», 1942) va «Istilohot ul-atibbo fi intifo’ot al-ahibbo» («Do‘stlar foydalanadigan tibbiy atamalar», 1944) kabi asarlar yaratgan.

Qo‘lyozmalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 126).

* * *

Iloho, shamma suningdin bo‘lib sab’a samo paydo,
Yana bayn as-samo ashjoru ashyou mou mo paydo.

Adam «ayn»iga dam urding baroyi xalqi mavjudot,
Karam «kof»i nuring «nun»idin iki saro paydo.

Aql «qof»idinu dil «lom»idin odamg‘a amr etting,
Bu nutqi birla sanga bir necha hamdu sano paydo.

Tarahhum birla necha amru nahying aylading irsol,
Bu irsolingni yetkurmakga necha anbiyo paydo.

Damekim, qudratingg‘a ra’yi nuringni shuvoz etting,
Ki nuring lam’asidin aylading shamsi zuho paydo.

Agar har kim asiri zeri qof qahringga marbutdur,
O‘zing in’om qilsang qahrdin bo‘lg‘ay raho paydo.

Inoat aynig‘a tarkib etib, bir rashshi lutfingni,
Bu sun’ing birla bo‘ldi, Rabbana Arshi ’ulo paydo.

Qilibsan qudratingni matla’, yo Qodir al-ashyo,
O‘zing rozi sababdin bo‘ldi bul arzu samo paydo.

Sujuding «sin»i ma’voi ibodatg‘a bo‘lib doxil,
Ubudiyyat adosi-chun O‘zingdin mosivo paydo.

Hariqiy tolibi g‘ufron erur, yo G‘ofiru Sattor,
Hamisha qalbidin, yo Rabbana fag‘fir lano paydo.

* * *

Bo‘libdur qudratingdin xilqati arzu samo, yo Rabb,
Qilibsan muxtalit tiynu riyohu noru mo, yo Rabb.

Inoyyat aynig‘a sen bir rashi lutfingni vasl etting,
Ani tarkibidin xalq aylading Arshi ’ulo, yo Rabb.

Karam “kof”iyu “nun”i ne’matingni aylading mamzuj,
Ani mazmunidin bo‘ldi iki olam bino, yo Rabb.

Ajab sui’ini zohir aylading, yo Soni’ al-olam,
Bu sun’ingni tamosho aylamish shahru zako, yo Rabb.

Ni’amni “ayn”idin bandangga berding nammi rahmatni,
Qo‘lingdin sobit o‘lsun nazdinga shukru jazo, yo Rabb.

Erur ne’matni “mim”i qoyili na’tingga moid chun,
Bu harfni zimnida hosil erur na’ti safo, yo Rabb.

Agar har tashnaye topmas inoyat obini har vaqt,
G‘umomi lutfdin bo‘lg‘ay anga g‘ammi balo, yo Rabb.

Shams shaynini “shin”i oldi man Rahmon ismingdin,
Shams kildi o‘shal man birla da’voi xudo, yo Rabb.

Sanam «sod» chashmidin nam berdi qahringdin buko aylab,
Qilib da’voyi haqlik qilg‘ali sandin ibo, yo Rabb.

O‘shal kori riyo «kof» boham sarnigun o‘ldi,
Uzingdin o‘zgaga sodiq emasdur kibriyo, yo Rabb.

Bo‘libdur «mim» fami bir chashmai hamding aytmakka,
Bu iki lafzdin bo‘ldi Muhammad Mustafo, yo Rabb.

Mutabbiq charxi toram bodai vahdat bila shoyiq,
Mubassit arz erur sargashtai juyi rizo, yo Rabb.

Hayoti jumla hayg‘a ne’matingdin yetti bir riyqe,
Hariqiy shul sababdin bo‘ldi lutfingg‘a ado, yo Rabb.

NA’TI RASUL (S.A.V.)

Yo Nabiyy al-mo‘minin noming Muhammad Mustafo,
Yo shafi’i ummatonu hodiyi rohi safo.

Na’tingga loyiq emasdur bul lisoni xiyrago‘,
Chun azalda qo‘ydi nomingni Muhammad deb Xudo.

Laylat ul-Me’rojda sayr etding maqomi rafrafa,
Chokaring Jibril edi qilding safar suyi samo.

Gunbazi xuzrodin o‘tding markabing erdi Buroq,
Oxiri sayringda bo‘ldi maskaning Arshi a’lo.

“Mim”i mehringdin xuruj aylab muhabbat chashmasi,
Rabbano deb qo‘l ochib ummatlaring qilding duo.

Chun Muhammad dedi Haq isming sharifing ne sabab,
Chashmai “mim”i Muhammad mabdai hamdi Xudo.

“Ho”mi hojibdin murakkab qildi ismingni Karim,
To dari sakkiz bihisht ummatlaring‘a bo‘ldi vo.

“Mim”i molik sarnigun zeri zonuying erur,
Haft do‘zax otashidin ummating topti raho.

“Dol”i dahshat juz’idur nomi sharifing taxtig‘a,
Haybatingdin necha ming kofir bo‘lubdur zeri po.

Bir sifoting xotim ermish anbiyolar davrig‘a,
Bir sifotingni dedilar olimon nur ul-hudo.

Yo Muhammad, qil hidoyat osiy ummatni mudom,
Doimo aylar Hariqiy shafqatingdin irtijo.

* * *

Masarrat topti husnung zavqidin ishqingni ahbobi,
Mazarrat ko‘rdi furqat nishidin hajringni arbobi.

Yuzingdur Ka’bai ahbobu miyqoti sari ko‘ying,
Ibodatxonai ushshoq erur qoshingni mehrobi.

Riyozi jilvagohi qudrati Haq majlisi vasling,
Ko‘zingni g‘amzasi Azroilu nutqing hayot obi.

Humoyun soyasidur jumla sultonlarni maqsudi,
Ani maqsudi, ey shah, mohi diydoringni mahtobi.

Damekim, kotibi qudrat yozarda husn bobidin,
Hiloling qildi bismilloh tahrir etti abvobi.

Etib tarqimi tashrih visolingg‘a xatu xoling,
Ko‘zing mast ayladi osori sun’i Haqni may nobi.

Eru ko‘k arsasi qurtos o‘lub noyi qalam bo‘lsa,
Maloik bo‘lsalar kotib tuganmas husnung alqobi.

Takallum vaqtida noz ila nutqing ruh afzosi,
Ki har bir harfi oshiq nazdida bir durri noyobi.

Qachon chiqib niholi qomating fikrimni bog‘ig‘a,
To‘karman didami daryosidin bahri kamol obi.

Agar bir lahza mahrum aylasang vasling sharobidin,
Qulingni hasratu hajr ila qolmas toqatu tobi.

Rahi ishqingda varzish aylaram doim bu xizmatni,
Ki didam birla meshkobiyu mijgon birla jurobi.

Yashurmoq mumtani’ dardin Hariqiyg‘a dema gustoh,
Ki arzin aytsa tanho xizmatingg‘a ayni odobi.