Akmal Piskandiy (1834-1883)

Akmal Piskandiy (Sayyid Akmal, Akmalxon Ya’qubxon o‘g‘li) Toshkent viloyatining Piskent tumanida 1250 hijriy yilda (1834-35) tug‘ilgan. Toshkent va Buxoro madrasalarida ta’lim olgan. Qashqar, Yorkent shaharlarida qozilik qilgan. 1301 hijriy yilda (1883-84) Buxoroda vafot etgan.

* * *

Yor ag‘yora shakar xanda ila so‘z qotadur,
Rashkdin achchig‘-achchig‘ vah mani qon yig‘latadur.

Ko‘zda yoshimni ajab yuzda niqobin ko‘rgach
Yoyilur charx uza sayyora quyosh chun botadur.

Rashkdan rishtai jonimda shikan uzra shikan
G‘olibo sunbuli zulfini sabo butratadur.

Ne tong uyg‘otmasa mahshar tongi vasl uyqusidan
Ulki tong otqucha yorin quchog‘inda botadur.

Bulhavaslar ne barobar bo‘lur ul oshiqa kim
Bir boqishda dilu dinini barobar sotadur.

Rostkim, rostbin emas ko‘ring ul kaj nazari
Rostlig‘ bobida sarvi qadig‘a o‘xshatadur.

Hadafi siyna shigof uzra shigof o‘lsa ne tong
To muhavvas qoshi novak uzra novak otadur.

Ne ravish birla ajal farzonidin meng o‘lmas
Bu bisot ustida har shohki, ot o‘ynatadur.

Ko‘rmadi ul oyi yuzin Akmal hargiz voh-voh
Necha anjum kibi yuz yoshurubon tun qotadur.

* * *

Och takallum birla lab to‘ti tamannolanmasun
Zulfi tarqattiyu mushk bozor ichra savdolanmasun.

Sarvi qaddingdin guliston ichra ko‘rsat jilvaye
To ko‘rub shamshod ani behuda ra’nolanmasun.

May ichib oraz qizartib bog‘a solkim bir nazar
Mahv o‘lub nargis ko‘zi gulchehra zebolanmasun.

Hola yag‘mo oshkor aylardi la’ling man’ edub
Xat chiqarmushdurki, hindu hayli g‘avg‘olanmasun.

Aylag‘um o‘z xohishimla jon fido tasdiq etib
Qatlima novak chekub hardam qoshin yolanmasun.

Noz tig‘in chekma hardam xalq qonin to‘kmaka
Ko‘rqaram Akmal mabodo hajr barnolanmasun.

MUXAMMAS

Junun iqlimida mehnat fazolar bor ekan mundog‘,
Guli ayshim hazon etgan sabolar bor ekan mundog‘,
Boshimg‘a charx javridan jafolar bor ekan mundog‘,
Ko‘ngilga hajr dardidin balolar bor ekan mundog‘,
Falakning gardishidin osiyolar bor ekan mundog‘.

Dami chun gulxan o‘tig‘a kabob aylab mani mahzun,
Gahi g‘am vodisin javlon urub monandiyi majnun,
Gohi Vomiq kabi ko‘zdin to‘kub yuz Dajlau Jayhun,
Sirishkimdan jahon to‘fonig‘a ketdi urub gardun,
Ko‘ngilga hajr dardidan davolar bor ekan mundog‘.

Ketib ko‘zdin mahim ketdi ko‘nguldin sabr oromim,
Nasibi hech nokas bo‘lmasun yorab mani shomim,
Malomat hayli toroj ayladi nahdi saranjomim,
Ichurdi oqibat zahri firoq ul sho‘x xudkomim,
Muhabbat xonida rangan g‘izolar bor ekan mundog‘.

Asir aylab mani hajr ilkida bechoralar qilding,
Taimni tiyr boroni balodin yoralar qilding,
Ko‘ngil miynasini g‘am toshi birla poralar qilding,
So‘rog‘ingda meni bochorani bechoralar qilding,
Jamoling shomida subhu sabolar bor ekan mundog‘.

Bu olam ichra yo rab man kabi hajr o‘rtagan bormu,
Ki qadri vasl bilmay furqat o‘tig‘a yonon bormu,
Bo‘lub shomi firoqida maningdek bevatan bormu,
Aningdek benavoliq bobida bedodu fan bormu,
Vafo begonaga qalb oshnolar bor ekan mundog‘.

Sanga sovuq so‘z aytib g‘uncha surat hech ochilmam,
Na deb g‘am kirpiki birlan tilimni ming tilim qilmam,
Deb erding, to tirikman bir nafas ham sendin ayrilmam,
Ko‘zumdin onchunon ketding qayong‘a borganing bilmam,
Xilofi ahd etarg‘a bevafolar bor ekan mundog‘.

O‘shal soatki, xurshidi jamolingdin judo bo‘ldim,
G‘ubori kuyi hasrat, zarrai dashti fano bo‘ldim,
O‘shal dam sham’i mahfildek kuyub yonib ado bo‘ldim,
Visolingg‘a ishonib firqatinga mubtalo bo‘ldim,
Judolik maxzanida muddaolar bor ekan mundog‘.

Nalar tushdi manga sandin, ayo ey dilbari xo‘bon,
Nishotim g‘am, sharobim sam nadmim hasrati xirmon,
Bag‘irlar qon, jigar biryonu ko‘ngul zoru sargardon,
Tanim bejonu dil hayronu ko‘z giryonu til nolon,
Muhabbat bog‘ida bulbul navolar bor ekan mundog‘.

Tilismi hasrati didoringa to diyda mahv o‘ldi,
Muhiti a’zami ashkim spehr uzra ravon bo‘ldi,
Sharobi vasl ichmay g‘ussai paymonalar to‘ldi,
Samimi jon gudozi hajridin rahmim guli so‘ldi,
Firoqing dashtida obi havolar bor ekan mundog‘.

Junun dashtida Majnundek kezib bepousar bo‘ldim,
Qozib g‘am tog‘ini Farhoddek zeri zabar bo‘ldim,
Jafo maydonida g‘am razmiga ko‘ksi sipar bo‘ldim,
G‘amim pomol boshim mujagi tig‘i xatar bo‘ldim,
Bag‘ir qonim to‘karg‘a karbalolar bor ekan mundog‘.

Darig‘o, bo‘lmadi maqbul sulton arzi hojotim,
Qarini fayzi rohat arsai subhu munojotim,
Yuz oyindin asar gul qilmadi gulzori da’votim,
Salomat daftaridin mahv bo‘ldi benishon otim,
Ijobatdin yiroq tushgan duolar bor ekan mundog‘.

Visoling qoshidin payg‘omin izlab bo‘ldi shod Akmal,
Spehr ayvonidin o‘tdi ba rangi barqi bod Akmal,
Beliga bog‘lab ehromi talab hoji nihod Akmal,
Tavofi xonai maqsud etib topdi murod Akmal,
Muhabbat vodiysida rahnomalar bor ekan mundog‘.