Salomat Vafo. Devor (hikoya)

Ilk kelgan mahalim, bu yer ko‘zimga xuddi operatsiya xonasiga o‘xshab ko‘rinardi, dardim bir oz aridi shekilli, keyinchalik ko‘zim o‘rganib ketdi. Ammo palatadagi hamxonam sal g‘alatiroq chiqib qoldi: rangpar, ozg‘in, jonsarak, bir qarashda, odamda qarama-qarshi tuyg‘ular uyg‘otadi, jirkanishmi, rahmdillikmi?.. Aslida, bu davomi…

Salomat Vafo. Elat (hikoya)

Men har kun ertalab, tunda ko‘rgan mudhish tush ta’siridan turolmay yotar, butun vujudimni qo‘rquv qoplar, chala-yarimta bilgan kalimalarimni qaytarib, arang qimirlardim. Emishki, allaqanday isqirt va rasvo mushuk yo‘limni kesib o‘tar, oyog‘imga yopishib, zorlanib miyovlaganicha izimdan qolmasmish. Uning xira tortgan, shilpiq davomi…

Salomat Vafo. Tutilgan oy (hikoya)

“Olmay qadr qon bo‘lsin, bermay otasi o‘stirmay onasi o‘lsin!… ”Cho‘lpon. «Oydin kechalarda». Naqshinkor ustunlarning tilloviy tovlanishidan ko‘z qamashadi. Turli xil yaltiroq toshlar bilan bezalgan mehrob shaklidagi pechlar, xayoliy tasavvurlar jo bo‘lgan gulchin devorlar, aqlni o‘g‘irlaydurgon qon rangli gilamlar, mitti shamdonlardan davomi…

Salomat Vafo. Muqaddas manzil (hikoya)

«O‘ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,Assalom alaykum, dorning og‘ochi».Rauf Parfi Xayollar iskanjasida kolgan ayol, deraza tabaqasi kuchli shamoldan taraqlab yopilgach, o‘ziga keldi-da, og‘zini qaldirg‘och palaponiday ochib yig‘layotgan bolasiga ko‘zi tushdi. Ongi, shuuri ruh sipohiylariga asir tushgan bo‘lsa hamki, bolaning, onam qani, deganday davomi…

Salomat Vafo. Arg‘imchoq (hikoya)

Bu xonadonda g‘aroyib marosim bo‘lmoqda edi. Ma’rakaga qo‘y so‘yilgan, mulla aytilgan va barcha qarindosh-urug‘, tanish bilishlarga xabar qilingan edi. Hovlilar chinniday tozalangan, katta qozonda qo‘yning kalla pochchalari va o‘pkasi vaqirlab qaynab, hushbo‘y xid taralardi. Mahallaning katxudo xotinlari non-cho‘raklarni yoyib, endi davomi…

Salomat Vafo. Ustyurt (hikoya)

Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib o‘tirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan ko‘rinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi. Hali qorong‘i davomi…


Maqolalar mundarijasi