Abduqayum Yo‘ldosh. Osmon og‘ushi (qissa)

Adirda o‘tlab yurgan mollarga Avaz qarab turadigan bo‘lgach, bolalar chuvillab tepalikka ko‘tarilishdi. Sobir beliga bog‘langan arqonni yechib, sarg‘aygan maysalar ustiga uzun qilib tashladi. Qolganlar mana shu o‘ziga xos start chizig‘iga yumalatib kelingan traktor balonlari ichiga Usmon bilan Eralining joylashib olishiga davomi…

Nazar Eshonqul. Haykal (hikoya)

Maqolalarda tilga olingan odamlarning o‘zlariga taqsimlansa ham yetmay qoladigan nusxada chop etiladigan nashrlarda o‘zi kabi unutishga mahkum etilgan tengdoshlaridan birontasining qachonlardir ko‘rilgan aloq-chaloq tushlari kabi dorilamon davrlarni qo‘msab aytilgan suhbatida yoki bugungi olatasir davrning shiddati ichida yo‘l chetida o‘tirgan tilanchichalik davomi…

Qo‘chqor Norqobil. Ertasiga dushanba edi (hikoya)

Xotini ertalabdan quloq-miyasini qoqib qo‘liga berdi. “Boraylik-a, boraylik…”, deb yebgina qo‘ydi, oxiri ko‘ndi: “Bo‘pti, tez qaytamiz…”. Yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ehtiyotkorlik bilan aytilgan odobiy doira – mehmonda o‘zni tutmoq sabog‘idan ham bahramand bo‘ldi. “Muloyimgina muomalada bo‘ling, jilmayib o‘tiring. (Aslida bezraymasdan o‘tiring davomi…

Dilfuza Shomalikova. Yig‘layotgan qushlar

(Ikkinchi jahon urushida bedarak yo‘qolgan amakim Shoyusuf Shomalikov va buvim Saodat Majidova xotiralariga bag‘ishlanadi) Allaqayerlardan eshitilayotgan nay navosi hushimni o‘g‘irlaydi… yurak allanechuk o‘zligini yo‘qotadi. Nay navosi… bu dunyoga kelarda quvonch, so‘nggi yo‘lga ketarda ko‘z yosh bo‘lib eshitiladi menga… Aro yo‘lda-chi?.. davomi…

Boboravshan G‘oziddinov. Mehribon (hikoya)

Ammam Mahbuda Nuriddinxon qizi xotirasiga Kechagina bahorning nafasi ufurib turgan tabiat yana qovoq-tumshug‘ini osiltirib oldi. Oqshomga yaqin jimirlab yog‘a bosh­lagan yomg‘ir qorga aylandi. Tuni bilan yog‘ib chiqqan qor tongda tinib, izg‘irin shamol butun borliqni zabtiga oldi. Sobir molxonaga boradigan yo‘lning davomi…

Iqbol Mirzo. Zarb (hikoya)

Ag‘daramiz! “Men zo‘rman!” – dedi raqibning ko‘zlari. “Zo‘r bo‘lmasang menga poy bo‘larmiding?” – past kelmadi Rustam. “Yo‘q, men sendan zo‘rroqman!” – tepadan keldi raqib va birin-ketin qo‘shaloq zarbalar berdi. “O‘-ho‘… Ha, tuzuk… lekin baribir sa-al xomroq-da…” – Rustam qo‘lqoplarini qalqon davomi…