Jo‘ra Fozil. Sog‘inch (hikoya)

Karomat buvi saksondan oshganiga qaramay, hamon chaqqon edi. Qishloq  to‘y-ma’rakalarini batartib, ortiqcha dabdabasiz o‘tkazar, mehmonlar ham, mezbonlar ham undan rozi bo‘lishardi. Momo asfalt yo‘lning ikki tomoni yoqalagan qishloqning barcha yosh-yalang, qari-qartang, xotin-xalajiga “oliy bosh qo‘mondon”, so‘ziga itoatda edi. Kayvoni o‘zining katta oilasi, nevara-evaralaridan ortib, ular uchun vaqt davomi…

Qulman Ochilov. Shashtingiz so‘nmasin (esse)

 Tanbeh Tahririyat yo‘lagida bexosdan tapira-tupur boshlandi: “Ustoz! Ustoz keldila-ar!” Ochiq turgan eshikdan ko‘zim tushdi: bosh muharririmiz kabinetidan shitob bilan chiqib ketdi. Gazetaning navbatdagi soniga “tushishi” zarur bo‘lgan materialni o‘qiyotgandim. Xayolimni bo‘lgim kelmadi. Anchadan keyin rahbarimiz iziga qaytdi va to‘g‘ri kelib davomi…

Qulman Ochilov. Qizil ko‘rpacha (hikoya)

Shahar chekkasidagi bu to‘rt qavatli shaftolirang uy uzun, shu darajada uzunki, chavgon dastasining uchidek burilib ketgan. Oxiri ko‘rinmaydi. Yo‘lak-pod’ezdlari ko‘chadan ichkariga – torgina maydonchaga qaragan. Oldi mudom gavjum. Betoni o‘yilaverib allaqachon taqdirga tan bergan yo‘lkalarda avtomobillarga yo‘l bo‘shatib charchaysiz. Istiqomat davomi…

Temur Po‘latov. O‘limni qoldir dog‘da (qissa)

Qrim-tatar xalqining yetakchi oydinlaridan biri – No‘mon Chalabijahonning so‘nggi kunlari haqida qissa Allohning yo‘lida qatl bo‘lganlarni “o‘liklar” demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz. Qur’oni Karim, Baqara surasi, 154-oyat. I No‘mon Chalabijahon oxirgi haftani Buyuk So‘noqdagi ota hovlisida, yaqin aqrabolari davomi…