Tog‘ay Murod. Er-xotin (hikoya)

Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi…Yaxshi shoir davomi…

Tog‘ay Murod. Ku-ku-ku… (hikoya)

I U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, davomi…

Tohir Malik. Xotira (hikoya)

1 Zuhrani qarg‘ashdi. Sultonni la’natlashdi. Ikkovlari g‘am g‘azab toshlari bilan toshbo‘ron qilindilar. Mish-mish gaplar tuprog‘iga ko‘mildilar. -Ular avvaldan don olishib yurishar ekan, qochib ketishganmish… -Voy o‘lmasam, qochib ketishganmish-a… -Ha, qochib ketishibdi… …kim biladi, balki to‘g‘ridir… -O‘lib qo‘yaqolsin, juvon o‘lgur, bolasini davomi…

Tohir Malik. Uloq (hikoya)

Haybatali oftobning kuchsiz nuriga yelkasini toblab o‘tirgan kampiriga parvo qilmay to‘g‘ri otxonaga kirib ketdi. Pastki tomoni yer chizadigan bo‘lib qolgan omonat eshikning xunuk g‘ijirlashini eshitgan kampir “keldingizmi?” deganday otxona tomon qarab qo‘ydi. Ichkaridan otning pishqirishi, keyin unga urilgan shapatining, so‘ngra davomi…

Tohir Malik. Qasos (hikoya)

Nomussizlik gar ilashsa nikoh ipiga Ayol qalbi shu qadar ham qonsiragayki, Topolmaysiz yer yuzidan bunaqasini! (Evripid. “Medeya”. Asqar Qosim tarjimasi) Dugonasi xushxabar aytib, suyunchi so‘radi. Latifa buni eshitib, quvonishi lozim edi. Chunki, shu hol yuz berishini istab, Xudoga necha bor davomi…

Tohir Malik. Vasiyatnoma (hikoya)

Bu xunuk xabarni aytish shunchalar osonmi? Bunday gaplarni aytaverib, diydasi qotib qolganmi? “Ziyrak bo‘lib turinglar, joni shu kecha uziladi… Tonggacha yo boradi, yo bormaydi…” Bu so‘zlar “Endi yolg‘iz qolamanmi?” degan vahimani uyg‘otib, yuragiga o‘qdek qadaldi. Xotinini aldadi: “kasalxonani vaqtincha berkitishar davomi…

Tohir Malik. Kurort (hikoya)

Bunday voqealar hozir yuz bermaydi. Zamonlar o‘zgarib ketgan. Ehtimol bunaqa gaplarni unutib yuborish ma’quldir? Balki yaqin o‘tmishdagi voqealarni eslaydiganlar ham bordir? Shunday mulohazalar bilan yura-yura, yigirma yil avvalgi kurort voqeasini bayon etishga qaror qildik. U raisning xonasidan chiqib, bolalarga qand-qurs davomi…