Erkin Usmon. Va’da (hikoya)

Qishloq fuqarolar yig‘inining navbatdagi majlisi yarim kechagacha cho‘zildi. Aytilmagan gap qolmadi, eski zovurni tozalash bormi, mahallaning yo‘lini asfaltlash kerakmi, barchasini aytildi. Gapiraman degan ko‘p, lekin biror ishni bo‘yniga olib “Kelinglar, shuni birgalashib bajaraylik, odamlarga yengil bo‘lsin”, deydigan kishi yo‘q. Maslahat davomi…

Erkin Usmon. Uyimizga mehmon keldi… (hajviya)

Yakshanba kuni saharlab eshigimiz ko‘ng‘irog‘i jiringladi. Ochdim. Qarasam, qishlokdagi qarindoshimiz Sot¬voldi tog‘a xotini, o‘g‘li, kelini, nevaralari bilan ostonada iljayib turibdi.“Mehmon otangdek ulug‘”, deb qo‘yibdilar. Er-xotin ularni ichkariga taklif qildik. Ikki xonali uyimiz to‘ldi-qoldi.Ko‘rib xijolat bo‘lib ketdim. Tog‘aning qo‘lida bir xalta davomi…

Erkin Usmon. Ilojini topdi (hajviya)

Tuman shifoxonasi. To‘rga tushgan baliqdek tipirchilayotgan bemorni baqirtirib olib kirishdi-da, baland karovatga yotqizishdi.— Latta! — dedi do‘xtir sovuqqonlik bilan. Latta uzatishdi. Bemorning ovozi o‘chdi.— Arqon! — dedi do‘xtir.Arqon berishdi. Bemorning tipirchilayotgan qo‘l-oyoqlari qimirlamay qoldi.— Tirgovuch! — buyurdi yana do‘xtir.Lattani olib davomi…

Erkin Usmon. Kiprikdagi yosh (hikoya)

FIRDAVS: Meni bu yerga qachon, qay ahvolda olib kelishganini bilmayman.Ko‘zimni ochsam, oti ham, o‘zi ham sovuq «reanimatsiya» xonasida yotibman.Eniga besh, bo‘yiga uch quloch keladigan, shiftiyu devorlariga oppoq kafel yopishtirilgan xona. Devordagi bir juft neon lampasi, xona burchagidagi dori-darmonlar, sonsiz-sanoqsiz shisha davomi…

Erkin Usmon. Daladagi hangoma (hajviya)

«Bo‘ston» jamoa xo‘jaligiga televideniyedan dehqonlar haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun kelishdi.Xo‘jalikda yer bilan tillashadigan kishilar ko‘p ekan. Ular orasidan bir kam yetmish yoshli Xo‘javoy mirobni tanlashdi. Yoshiga nisbatan epchil va chaqqon bu qoramag‘iz odam andak asabiy ekan, «Yo‘q, kinoga tushmayman, men davomi…

Erkin Usmon. Qarmoqqa ilingan hikoya (hajviya)

Xolxo‘ja axiyri qo‘ymadi.Bu safar baliq oviga chiqadigan bo‘ldik. Men-ku, tabiatan sayohatu sarguzashtlarga suyagi yo‘qroq odam emasmanmi, “Nasib qilsa ko‘ramiz”, deb qo‘yaqoldim. Bu “yo‘q”dan ko‘ra, “ha”ga yaqinroq javob ekanligini sezgan Xolxo‘ja suyunib ketdi. Lekin, Jo‘ravoy akani ko‘ndirish azobul-azobga aylandi. Xolxo‘ja uning davomi…


Maqolalar mundarijasi