Bahodir Qobul. Bog‘dagul (hikoya)

Deraza ortidagi ayol Yer endi ko‘klayotgandi… Yangi kelinchak ham bitta tuqqandan keyin shu uy endi maniki ekan deb ishonarkan. Ungacha yegani porimay, ko‘ngli alag‘da yurarmish… Tongniyam, tog‘niyam tumshug‘i uyulganday. Oyqorning oy suratlig‘ qorining qovog‘idan ham qor yog‘adi. Hovlidagi daraxt­lar ham shirdayishib serraygancha bir-biriga qosh chimirganday. Et bo‘lib etday, yot bo‘lib yotday emas. davomi…

Bahodir Qobul. Tanovor (hikoya)

1-daftar Issiq-sovuqning damini, to‘rtta yomg‘irning namini, bir parcha bulutning g‘amini ko‘tarolmay, bo‘lar-bo‘lmasga hovliqib, hishmalanib, og‘zi ko‘pirib keladigan dovdir sel Aymoq qal’asida Makedoniya podshosi Faylakusning o‘g‘li Iskandardan qolgan manjaniqning butini ayirib qo‘yniga solgandayam, Chingizxon Sartyuzi qo‘rg‘oniga uzunasiga ekib ketgan uchi ayri davomi…

Bahodir Qobul. Oy yo‘li (qissa)

YO‘L KO‘RISh Qishloqda avval ko‘cha uyg‘onadi… Kattasoydan boshlanib, qishloqni qoq ikkiga bo‘lib, naqd Kattatoqqa borib qadaladigan yo‘l aslida yog‘in-sochin g‘ayrat qilganda chag‘atu o‘ngir, hovli-yu hayotlardan yig‘iladigan selu selovani soyga quyadigan jar. Ham jar, ham ko‘cha. Shuning uchun Jarko‘cha deyishadi. Jarko‘cha davomi…

Bahodir Qobul. Otahayot (hikoya)

Birinchi kun …Qishloqqa kirib borarkan yo‘l yoqasidagi tanish daraxtlardan birortayam qolmaganligiga ko‘zi yetgach dami ichiga tushib ketdi… Bir vaqtlar shoxlari shamolda gurillagan, epikinda sollanishgan, shoxlashishgan shoxlarning soyalari bir birini quvalagan, shoxdan-shoxga uchgan-qo‘ngan qushlar g‘ujuridan, ostida bir maydon o‘tirgan odamning bahri davomi…

Bahodir Qobul. Yangi oy – sunbula (hikoya)

Ikki boshli kalxat surati tushirilgan xos vagonni yetaklagan parovoz bir narsadan quruqqolgandek hansirab, Samarqanddan sahar mardonlab yo‘lga chiqdi. Atrofni achchiq-sassiqhid bosdi. Xayrlashayotgan bahorning namtob havosiga o‘rlagan qora tutun ichra poyezd yurar yo‘lini tusmollab borardi. Yana son tekkanidan o‘zida yo‘q xursand, davomi…

Bahodir Qobul. Oq kamar (hikoya)

Boshlab, hushtagini chalib shamol keldi. Besaranjom to‘zon keyin ko‘tarildi. Jarko‘chani u boshidan bu boshiga hammani hangu mang qilgancha izg‘idi.Har bir daraxtni qo‘ltiqlab, siltab-siltab ko‘rdi. Har bir g‘ovni g‘iqqillatib ochib-yopib, har bir darvozani dangillatib urib ko‘rdi. O‘zini qayerga qo‘yishni, qayerga urishini davomi…

Bahodir Qobul. Nafaqa (hikoya)

1 Qishloqda avval ko‘cha uyg‘onadi…Kattasoydan boshlanib, qishloqni qoq ikkiga bo‘lib, naqd Kattatoqqa borib qadaladigan yo‘l aslida yog‘in-sochin ko‘p bo‘lganda chag‘atu-o‘ngir, hovliyu-hayotlardan yig‘iladigan selu selovani soyga quyadigan jar. Ham jar, ham ko‘cha. Shuning uchun Jarko‘cha deyishadi. Turkqishloqning yaxshi-yomoni shu ko‘chada. Rizqi davomi…

Bahodir Qobul. Ena shamol (qissa)

IQROR O‘zi uch martagina o‘g‘rilik qilganman. Bir marta yolg‘on gapirganman… Opani-aya, opachani-opa, yungni-jun, qaroni-qora, kasratkini-buqalamun, ko‘nani-ko‘hna deb yozolmayman. Xat-savodim yaxshi. Eroni qishloqlik Isroil muallim o‘rgatgan. Kitobdagiga o‘xshatib yozaman desam, boriyam esimdan chiqib, chalkashib ketadi. Ko‘kayda bo‘lak, yozig‘da bo‘lak bo‘layapti. Keyin davomi…

Bahodir Qobul. Ota chiroq (hikoya)

1.    KUL BOSGAN XAYoLLAR Bir vaqtlar, tong ertasi shamolning hurillab kelishini xush ko‘rar, ko‘ksiga tegsa gurillardi. Bo‘ron bilan ermakka olishib, kifti o‘ng kelgan chog‘lar ko‘tarib urardi. Hozir yo‘lini hovliqib kesib o‘tgan bodi havodan o‘zini zo‘rg‘a chetga oldi. Shundoq ham nafasi davomi…


Maqolalar mundarijasi