Alisher Ibodinov. Qo‘rboshi Madaminbek
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Alisher Ibodinov 1952 yil 12 dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Eskiarab qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1980). «Gulsafsar hidi» (1978), «Quyosh ham olov» (1984), «Latofat» do‘konidagi qatl» (2003), «Qo‘rboshi Madaminbek» (1995) kabi qissa va hikoyalar tuplamlari nashr etilgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
— Hammaning kelini abitta o‘tiri-ib kashta tiksa, meniki kitobga termiladi! «Olima-da!» — Qudasi Qurbon kampirning ma’rakada katta-kichikka eshittirib va atayin unga tegizib shangillashi Sobira xolaga og‘ir botdi. Atrofida o‘tirgan bir-ikki kampir labini qimtidi. Qo‘shnisi Payzi otin uning tizzasiga qo‘lini bosib: davomi…
Eski darvozaning g‘ijirlashi ayvondagi so‘rida kitob o‘qib yotgan yigitning diqqatini bo‘ldi. Yo‘lakda kalta xonatlas ko‘ylakli, timqora sochlari yelkasiga yoyilgan, ko‘hlikkina qiz turar edi. U mehmon hurmati uchun o‘rnidan qo‘zg‘algan yigitning xushqomat jussasiga bir zum tikilib qoldi.— Salom!— Vaalaykum assalom. — davomi…