Abdurauf Fitrat. Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning munozarasi

HINDISTONDA BIR FARANGI ILA BUXOROLI MUDARRISNING JADID MAKTABLARI XUSUSINDA QILG‘AN MUNOZARASI

MUQADDIMA

Buxoroning najib millati bo‘lg‘an vatandoshlarim, birmuncha vaqtdan beri jadid va qadim o‘rtasida ixtilof chiqqani ba’zi millat xoinlarining xato va fasodlaridan boshqa narsa emasdir. Muqaddas vatanimizni parchalab, uning ahli jamoasini jadid va qadim unvonlari ostida ikki firqaga ajratib, ularning birini ikkinchisiga dushman qilib qo‘ydilar.

Xar va xarobligimizning asosiy sababi musulmonlardan emas, balki o‘sha ma’nisiz ixtilofdan ekani ma’lum bo‘ldi. Binobarin, har kim o‘zini dini mubina islomning xizmatida bilsa, uyimizni buzg‘uchi bu ixtilofni biz — buxorolilar orasidan ko‘tarishga harakat qilsin.

Banda ham bu maslaki muqaddasniig soliklaridan biri bo‘lgani holda, shu kunlarda bir hikoyat yozdimki, bu buxoroli bir mudarrisning Hajga bora turib, Hindistonda bir farangi ila usuli jadida ham usuli qadim xususinda qilg‘an munozarasi bo‘lib, mazkur hikoyat ushbu masalani tugal hal qilg‘andir.

Shoyad bir risola suratida va buxorolilarning suhbati tarzida tartib qilib, nashr qilmoqni istaganim shu vasila ila muhtaram vatandoshlarim mas’alaning haqiqatidan ogoh topib, o‘rtadagi ixtiloflarni tark qilib, hammalari ittifoq bilan hidoyat yo‘liga qadam qo‘ysalar.

Buxoroli Abdurauf Fitrat

Asarning to‘liq variantini saqlab oling.