Abdulla Ahmad. Yot (hikoya)

Hojal buvi yotib qoldi. Boshi aylanib, ko‘zi tinadi… Shu mahal buvining ko‘nglidan nimalar o‘tmaydi… Kelin bo‘lib tushibdiki, tinganini bilmaydi. Turmush o‘rtog‘i Elmurod aka xo‘jalikda brigadir edi. Erining yoniga kirib, g‘o‘za chopdi, suv tutdi. Pillachilik zvenosini boshqardi. Ro‘zg‘or butunchiligini ko‘zlab, o‘zini davomi…

Abdulla Ahmad. Dard (hikoya)

O‘tirish ayni avjiga chiqqanida xona eshigi qiya ochilib, dastyor yigit Shoyimqulni imladi. Qo‘lidagi ryumkani dasturxonga qo‘yib, tashqariga chiqqan edi, yo‘lakda qo‘shnisi Sobirjonga duch keldi. Rangi quv uchib ketgan.— Tinchlikmi? — xavotirlanib so‘radi Shoyimqul.— Kennoyimning tobi qochib qoldi, tezroq bormasangiz bo‘lmaydi. davomi…

Abdulla Ahmad. Majlis tugadi (hajviya)

Jamoada yig‘ilish borardi. Avval boshliq, keyin o‘rinbosarlar, so‘ng bosh hisobchi va hokazo-hokazolar kuyib-pishib so‘zlashdi. Nima haqda deng? Pul topish kerak. Daromadning cho‘g‘i past. Unisi undoq desa, bunisi bundoq dedi. Ammo hech biridan jo‘yali gap chiqmadi. Oraga og‘ir sukunat cho‘kdi. Hamma davomi…

Abdulla Ahmad. To‘y kimniki? (hajviya)

Maslahat yaxshi-da. Nega deysizmi? Obbo, o‘jar odamga o‘xshaysiz-ku! Axir, maslahat xom ishni pishitadi. Kami-ko‘stni to‘ldiradi. Gapning o‘g‘il bolasini aytaymi? Hech kim lo‘nda qilib maslahat berishda To‘zg‘anboyning oldiga tusholmaydi. U shundog‘am foydali maslahatlar beradiki, bitmagan ishingiz bitganday, taqa-taq to‘xtagan yumushingiz yurishganday, davomi…

Abdulla Ahmad. Ismini boshqacha qo‘ymoqchi (hajviya) (hajviya)

Joniga to‘zim bersin-g‘ey Ovchibekning. Ne bir azoblarga dosh berib, birovlar shivir-shiviriga quloq tutadi. Kimdir pana-pastqamda turib, boshliqni yomonlaydi. “O‘lguday ochofat, jamoadagi bor narsani yulib-yulqib bitirdi. Yaqin orada qiyshayib-qingrayib turgan idora chordevoriniyam yamlab yutsa ajab emas” deydi.Bilasiz, qorovulxona gapxonaning uyasi. Ovchibek davomi…

Abdulla Ahmad. Mirhobid (hajviya)

Mahallada eng o‘qimishli odam Mirhobid. Yolg‘oni yo‘q, bemalol ishonavering. Gazeta-jurnalsiz yurganini umrida birov ko‘rmagan. Hatto buzoq sug‘orsayam bir qo‘lida paqir, bir qo‘lida gazeta.Tunov kuni Mirhobid bir o‘limdan qoldi. Mol-da, mol. Oldinga suv qo‘ygandan so‘ng xo‘rillatib ichaver, egangning qo‘lidagi gazeta bilan davomi…

Abdulla Ahmad. Yurakdagi ism (hikoya)

Elyorga safarga jo‘nashini aytishdi. Qayerga deng? Oyto‘g‘onga! U Oyto‘g‘onni esladiyu ko‘z o‘ngidan qadrdon qishloqning shirin-sharbatli bog‘lari, qaddi dol, uzzukun yelkasidan ketmon tushmaydigan Xonimqul ota, qalbiga bitmas armon tashlab ketgan Gulsun o‘tdi.Oyto‘g‘on dasht bag‘ridan uzilgan parcha yer. Sahro ko‘ksidagi bu mo‘jaz davomi…


Maqolalar mundarijasi