Ota

O‘shanda maktab bitiruvchisi edim. Ilm dargohi ostonasidan o‘n bir yil oldin kirib borgan bo‘lsam. Endi, bir olam taassurotlar bilan bu maskanni tark etayotgandi. Bu qisqa, ammo betakrorligi va unitilmasligi bilan bir umrga tatiydigan maktab chog‘larida Axmad domlaga o‘zgacha mehr qo‘ygan edim. U inson maktabimizdagi eng yoshi ulug‘ murabbiy hisoblanib, odobnoma fanidan saboq berardi.

Vaqti kelib yuraklarni junbushga keltiradigan. Quvonch-u armonlarga to‘la bo‘lgan bitiruv kechasi ham bo‘lib o‘tdi. Har kim o‘zi ardoqlagan insonga har galgidan ham boshqacha munosabatda. hurmatda bo‘ladigan palla. Men ham beixtiyor Axmad domlaning huzurlariga bordim. Zora, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganimda, u odamni ustoz sifatida maslahatlar bir nuroniy kishi bo‘lganligi uchun samimiy duolaridan bahramand bo‘lishni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Unga muddaomni ham aytmadim. Maqsadlarim ko‘zlarimda aks etib turardi. Axmad domla yoniga o‘tirgizib oldida. xuddi o‘z otamday boshimni silagancha aytgan ilk gapi shu bo‘ldi…

“Bu hayot ertami-kechmi har kimdan mustaqil fikrlashni, ishlashni talab qiladi. Hayot mexribon onalarimizday qo‘limizga bol tutmaydi“. O‘ylanib qoldim. To‘g‘risi ustozim ilgari ham dars paytlarida bunday falsafiy gaplarni ko‘p aytgandi-yu, lekin o‘shandagi fikrlar unchalik ta’sir qilmagandi menga. Bu safargi mushohadalari negadir yuragim tubiga yetib borganday, butun vujudimni qandaydir hayajonqoplab oldi. Bir zum щu taxlit turdim-da, yana domlaning nur yog‘ilib turgan yuziga termuldim. Ustoz savolomuz qarab turganimni ko‘rgach, “kel, o‘glim, sendek paytimda hayotning qanday sinovlariga duch kelganim to‘g‘risida gapirib beraman. Koshki, ertaga ota. bir ziyoli inson bo‘lganingda hozir aytgan gaplarim asqotib qolsa” deb qoldi. Beixtiyor unga quloq tutdim.

“To‘g‘risini aytsam, shu yoshga kirib, boshqalar kabi ota bo‘lgan bo‘lsam-da, hanuzgacha ota mehriga muhtojday his etaman o‘zimni. Nega desanmi? otamdan juda yoshligimdanoq ayrilgandim. O‘shanda sakkiz yoshlar atrofida edim. Oilada to‘rt o‘g‘ilmiz to‘ng‘ichi o‘g‘il men bo‘lsam. Eng kichik ukam hali ikki yoshga ham to‘lmagan norasida go‘dak edi. Otam baxtsiz voqea tufayli halok bo‘lganda, mushtipar onamu, qo‘lidan hech narsa kelmaydigan to‘rt farzand marhumning ortidan bo‘zlagancha chirillab qolaverdik. Xotiramda bir umrga muholanib qolgan voqealar, qora kunlar shundan keyin boshlandi. O‘shanda eng qiyini rahmatli onam zimmasiga tushdi. Qo‘lidagi emizikli bola bilan tirikchilik ilinjida qay bir eshikni qoqib ko‘rmadi, qanday ishlarni qilib ko‘rmadi deysan. Bu paytda hali yosh bo‘lsamda bechora onam tortayotgan iztiroblaru azoblar menga ham ta’sir qilmasdan qolmasdi. o‘limdan kelgancha unga yordamlashishga harakat qilardim. Ko‘pincha onam hali sutdan chiqmagan ukamni menga qoldirib ketardi-da, o‘zlari bizlarni boqish uchun ko‘chaga chiqib ketishga majbur bo‘lardi. Kunda bo‘lmasada, kunaro katta og‘ir sumkalarda kerakli narsalarni ko‘targancha kirib kelganida bo‘yin tomirlari bo‘rtib chiqib ketganini guvohi bo‘lardIM. Onamga juda achinardim. u ham ayol ham erkak kishi sifatida tinmay mehnat qilardi. Oila boqish ilinjida tezda yoshiga nisbatan ancha keksayib munkillab qolganday edi. Shunda hayolimga bir fikr takroran kelaverardi. “Ayol kishining joni qirqta bo‘ladi”-menimcha, unday emasday. Nazarimda, ayol kishining har bir joniga yana qirqtadan jon borga o‘xshayi. Chunki onam tortgan azoblar yigit kishi ko‘tarolmasdi. Shu tarzda kunlar o‘taverdi. Yaratganning o‘zi ozmi-ko‘pmi rizqini ham berarkan. Xudo onamga bardosh berdi. Yetim qolgan bolalari baxtiga umr berdi. U insonning panohida ancha ulg‘ayib qoldik. Sen kabi maktab bitiruvchisi bo‘lganimda rahmatli onam qanchalar quvongandi-ya. Endi shu o‘g‘limga suyanib yashayman deb shu qadar quvongandiki, asti qo‘yaverasan. Biroq bir kambag‘alning og‘zi oshga yetay deganda men uchun fojea yuz berganday bo‘ldi. Yaratgan kutilmaganda ro‘shnolik krmagan onamning omonatini qaytib oldi. Hali esini tanib ulgurmagan ukamlarga qo‘shilib yum-yum yig‘ladim. Hozirdanoq ham otadan, ham onadan erta ayrilganimizdan bo‘zlab kuz yosh to‘kdim. Avvalga bunday katta yo‘qotishlarga ko‘nikolmay yurdim. Lekin vaqt o‘tib borgan sari qalb jarohatlarim asta-sekin bita boshlaganday edi. Bu ham hayotning sinovlaridan biri deb o‘zimni ukalarimni ovutishga odatlandim. Tom ma’noda o‘sha paytda to‘g‘ri ma’noda zimizni-o‘zimiz aldab yashashga majbur edik. Kimning qandayligi shunday paytda bilinarkan. Yaxshi odamlarning beminnat kmochi bilan kun o‘tkaza boshladik. Oilada to‘nich o‘g‘il bo‘lganligim uchun biror kasb bo‘yicha o‘qishimni maslahat berishdi. Iqtisodiy ahvolimni tushuntirdim. uu-to‘rta muruvvatli insonlar o‘zaro kelishib, meni o‘qitishmoqchi bo‘lishdi. Yo‘q demadim. Zero, agar men o‘qiy olsam, ukalarim ham ziyoli inson bo‘lib, ertaga bir umrga qiynalib yashashmaydi deb o‘yladim. Har qanday qiyinchiliklarni zimmamga olib, oliygohlardan birida ta’lim olishni boshladim. Shu maktabda o‘z ishimni boshladim. Birin-ketin kamlar ham yigit bo‘lib olishdi. Uylanganimdan so‘ng hayotim ancha yaxshilanganday bo‘ldi. Rafiqam bilan birgalikda imkon boricha ko‘plab ezgu ishlarni amalga oshirdim. Bir-birimizga yordamlashib, ukalarimni ham uyli-joyli qildim. Hozirda ota-onamdan qolgan hovliga to‘planganimizda uyimiz odamga to‘lib ketadi. Birgalashib mahrum ota-onamning ruhlariga tilovat o‘qiymiz. Ayniqsa, ularning chiroqlari o‘chmay qolganidan o‘zimizda yo‘q quvonaman. Meni ham sen kabi o‘g‘illarim. farzandlarim bor. Xudoyimga beadad shukronalar bo‘lsinki birini uyladim. Boshqasini o‘qitaman. Ularga ota sifatida mehr bermoqdaman. Shunday bo‘lsa-da, ota bo‘lib shu yoshga kirsam ham te-tez marhum otamning rohat nimaligini bilmagan onamning mehrini qo‘msab qolaman”. Axad domla yana ko‘plab narsalarni gapiradi. Biroq men eshitmayman. Eshitolmayman. Cheksiz xayollar og‘ushiga g‘arq bo‘lib ketaman. Faqat ustozimning inson qaerda va qanday mavqeyga ega bo‘lmasin mehrga muhtoj blib yashayverarkan” deb aytgan gaplari uloqlarim ostida aks-sado berib turaveradi.

Aminjon Xalilov