G‘afur G‘ulom. Ikki Mashrab (1959)

O‘zbek klassik adabiyoti tarixida o‘ziga xos katta o‘rin tutgan, otashin hajviy she’rlari va o‘ynoqy g‘azallari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan, nomi butun O‘rta Osiyo va undan uzoqlarga mashhur bo‘lib ketgan ajoyib shoirlarimizdan biri Boborahim Mashrabdir. Boborahim Mashrab ijodi allaqachonlardan davomi…

Erkin Vohidov. She’r qadri (1982)

She’rni hech kim birovdan o‘rganib yozmaydi, hech kim birovga she’r yozishni o‘rgatolmaydi. Lekin she’riy iqtidori bor bo‘lgan boshlovchiga mahorat sirlarini o‘rgatuvchi ustoz kerak. «Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar» degan xalq maqolining she’riy hunarga ham daxli bor. Matbuot sahifalarida bosilayotgan davomi…

G‘afur G‘ulom. Atoiy emas, Otoyi (1959)

Gazetamizning shu yil 14 yanvar sonida o‘zbek klassik shoiri Otoyining filologiya fanlari kandidati Ergash Rustamov tomonidan nashrga tayyorlangan asarlari to‘g‘risida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi H. Akobirova va filologiya fanlari kandidati M. Mirzayevning «Otoyi emas, Atoiy» degan bir maktublari bosilib chiqdi. davomi…

Erkin Vohidov. Yulduzlar qovushsa… (1981)

(«Drujba Narodov» jurnalining davra stolida so‘zlagan nutqdan) Dunyodagi hech bir mamlakatda bizlardagidek ko‘p kitob tarjima qilinmaydi va hech bir boshqa adabiyotda bizning adabiyotdagicha badiiy tarjima masalasiga katta e’tibor berilmaydi. Bu masalada simpoziumlar chaqiriladi, tom-tom kitoblar nashr etiladi, gazeta va jurnal davomi…

Abdulla Qahhor. Tarjimachilik tashvishlari (1962)

Adabiyotchilarning badiiy tarjima masalalariga bo‘lgan qiziqishining cheki yo‘q (buning sabablari ravshan, deb o‘ylayman). Matbuot sahifalarida tarjima masalalariga bag‘ishlangan diqqatga sazovor har bir chiqish jonli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. N. Chukovskiyning o‘tgan yilning oxirlarida «Literaturnaya gazeta»da chiqqan «Uninchi san’at ilohasi» deb atalgan davomi…

Erkin Vohidov. Mukammallik (1981)

Inson tafakkurining bir ojizligi bor. U oz vaqt ichida yuz bergan ulkan hadisotlar silsilasini daf’atan qabul qilolmaydi. Tog‘ning ulug‘ligini tasavvur qilmoq uchun undan uzoqlashish kerak bo‘lganidek, buyuk tarixiy voqealarning haybatini rostmana his etish uchun ma’lum vaqt masofasi lozim bo‘ladi. Hozirjavoblik davomi…


Maqolalar mundarijasi