Mamadali Mahmudov. Ko‘ngildagi gaplar (1989)

Orol o‘layotir. Bunga kim sababchi? Turg‘unlik davri sababchi, o‘zimiz sababchimiz. Bir necha amaldorlarimiz o‘zlarining yumshoq kursilarini o‘ylab Orolga xiyonat qildilar. Ya’ni, ko‘rpaga qarab oyoq uzatmadilar; ostonagacha paxta ektirdilar. Paxta — elning rizq-ro‘zi. Me’yor qonuni — ulug‘ qonun. Me’yor buzilib, Orolga davomi…

Ubaydulla Uvatov. Imom at-Termiziy — buyuk muhaddis (1990)

Zamonaning zayli bilan kamina xizmat yuzasidan ko‘p yillar qator arab mamlakatlarida arab tili tarjimoni bo‘lib ishlashga to‘g‘ri keldi. Arablar diyorida uzoq yillar yashashning o‘zi, fikrimizcha, har qanday arabshunos uchun ham bir olam quvonchli holdir. Chunonchi, o‘zing tilini o‘rgangan diyor bilan davomi…

Majid Hasaniy. Vatan yuragidagi suvaydo (1991)

Pyotr o‘z hukmronligini boshlagan yillardanoq O‘rta Osiyoni Rusiyoga qaram qilishni o‘ylab yurardi. XVII asr boshlarida metallurgiya sanoatini rivojlantirish zarurati qistovida o‘rislar O‘rta Osiyoning ma’dan qatlamlari bilan, jumladan, XVI asrdayoq ovozasi chiqqan Ulug‘tovning boy konlari taqdiri bilan astoydil qiziqdilar. O‘rta Osiyoda davomi…

Sulaymon Azimov: «Qodiriy asarlari kimda bo‘lsa, u hech ikkilanmay qamoqqa olinardi» (1989)

Jumhuriyatimiz madaniyatining jonkuyarlaridan biri Sulaymon ota Azimovning hayotida shaxsga sig‘inish davri o‘zining qora izini qoldirib o‘tdi. Yaqinda yosh yozuvchi Sherkon Qodiriy otaxon bilan suhbatlashdi. Ana shu suhbatning mundarijasini hurmatli jurnalxonlar e’tiboriga taqdim etayotirmiz. Sherkon Qodiriy. — Sulaymon ota, Siz o‘sha davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Xolis baholash yo‘lidagi to‘siqlar (1989)

Baholash tanqidchilikning shunday nozik me’yor, o‘lchoviki, salgina noxolislik, zarracha xatolik san’atkor va uning asarlari haqidagi tasavvurni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xolis baholashda munaqqidning hissasi katta. Lekin baholashda munaqqidga bog‘liq bo‘lmagan to‘siqlar ham talaygina. Badiiy adabiyot hamisha siyosat bilan yonma-yon rivojlangan, siyosat davomi…

Gulsara Ismoilova. Chokar she’riyati (1990)

Ijodining asl mohiyatini, bosh mavzuini xalq taqdiri bilan bog‘lagan ijodkorlar o‘z asarlari bilan hamisha el xizmatidadirlar. Madaniy harakat ancha jonlangan, adabiy guruhlar faoliyati hayotga sezilarli ta’sir o‘tkaza boshlagan bir davr — XX asr boshlari Xorazm o‘lkasida ilg‘or fikrli bir qancha davomi…

Qo‘ldosh Ergashev, Rustam Tursunov. Savod istab… (1989)

So‘nggi yillarda oshkoralik tufayli matbuotda juda ko‘plab munozarali fikrlar paydo bo‘lmoqda. Ulardan biri: «Inqilobgacha jumhuriyatda aholining 2 foizi savodli bo‘lgan», degan fikrdir. Bizda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida e’lon qilingan I. Abdullayevning (1989 yil, 5 may) hamda Tohir Qahhorning (1989 davomi…

Akram Aminov. Turkona choylar (1989)

Sumoq qishlog‘idagi ming yillik chinor Kitob o‘rmon xo‘jaligi nazoratchisi Murtazoxon Olimovning tomorqasiga soya tashlab turadi. Chinorning soyasiga ko‘p asrlik yong‘oq daraxtining soyasi qo‘shilib ketgan. Soyalar quyuqlashgan joyda sahni keng supa bor. Shu yerda Murtazoxon bilan suhbat qurib o‘tiribmiz. — Onam davomi…


Maqolalar mundarijasi