Ernst Begmatov, Suyun Qorayev. Bizga familiya kerakmi? (1991)

http://n.ziyouz.com/images/shajara.jpg

Mamlakatimiz barcha fuqarolarining familiyalari bor. Familiya — bu qonuniy jihatdan rasmiylashtirilgan va otadan bolaga meros qoladigan shaxsiy nomdir. Pasportimizga, tug‘ilish, nikoh haqidagi guvohnomalarga ham familiyamiz yozib qo‘yilgan. Biron hujjat — buyruq, guvohnoma, shahodatnoma ham familiyasiz yozilmaydi. Lekin o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan talay kishilar familiyadan voz kecha boshladilar. Buni zo‘ravonlik bilan o‘tkazilib kelgan ruslashtirish siyosatiga nisbatan isyonkorlik deb baholash mumkin. Gap bunda umuman familiya haqida emas, uning shakli haqida bormog‘i kerak.

Hamma vaqt ham familiya bo‘lganmi? Familiyalarimiz qachon paydo bo‘lgan, degan savol tug‘iladi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, familiyaning paydo bo‘lishi hozirgi zamon antroponimikasining kashfiyotidir. Chunki familiya zamon taqozosi bilan paydo bo‘lgan.

Musulmonlarda, jumladan turkiy xalqlarda, inchunin o‘zbeklarda hozirgi shakldagi familiya bo‘lgan emas, uning uchun ehtiyoj ham bo‘lmagai. Lekin kishilarni, xususan bir ismli kishilarni bir-birlaridan farq qilish uchun ularning laqablari, kasb-hunari, amali, urug‘-qabilasi, nisbalari, ya’ni tug‘ilgan joyining nomi ko‘rsatilgan. Masalan, Jo‘ybori shayxlari deb nom olgan buxorolik zamindorlarning hujjatlarida (XVI—XVII asrlar), «Boburnoma»da, Qo‘qon va Xiva xonliklarining arxivlarida minglab kishilarning ismi-sharifi keltirilgan. Ko‘pgina kishi ismlari yoniga ularning boshqalardan farqlanib turuvchi jihatlari ko‘rsatib qo‘yilgan. Masalan, Husayn ismli kishilarning ro‘yxatini olaylik; Husayn Mir, Husayn Mirza, Husayn Mulla, Husayn xo‘ja, Husayn shayx, Husayn Amir, Husayn zargar va hokazo. Hasan ismli kishilar esa «Boburnoma»da bir-birlaridan quyidagicha farqlab yoziladi: Hasan Barlos, Hasan dekcha, Hasan nabira, Hasan no‘yon, Hasan Ikrak, Hasan Manan, Hasan Xalifa, Hasan Chalabiy, Hasan sharbatchi va hokazo.

Xo‘sh, familiyaning o‘zi nima? Familiya oilaning, ko‘pincha bir sulolaning umumiy nomidir. Familiya atamasi asli lotincha famulus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, qadimgi Rimda «shu uyning quli», degan ma’noni bildirgan. Rus tilida familiya so‘zining bir necha ma’nosi bor, chunonchi, bir ajdoddan tarqalgan bir necha avlod, hatto bir oila a’zolari ham familiya deyiladi. O‘zbek tiliga kirgan «pamil choy» so‘zi ham ruscha familniy, ya’ni bir ota-bolaga tegishli korxonada tayyorlangan, degan ma’noni bildiradi.

Familiya uzoq davr mahsulidir. U dastlab XI asrda Italiyada zodagonlarning otadan bolaga meros bo‘lib qoladigan yerlariniig bir sulolaga tegishli ekanini rasmiylashtirish zaruriyati tufayli paydo bo‘lgan. So‘ng XII asrda Frantsiya va Angliyaga tarqalgan. Ovrupoda familiyaning uzil-kesil rasmiylashishi uchun 4—5 asr kerak bo‘ldi. Gruziyada familiya XIII asrda, Rossiyada XVI—XIX asrlarda, Yaponiyada 1968 yilda, Turkiyada esa 1926 va 1934 yillarda Mustafo Kamol Otaturk farmoni bilan qabul qilingan. O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda u dastlab XIX asr oxirida mahalliy boylar va ziyolilar orasida rus familiyalari ta’sirida paydo bo‘ldi, inqilobdan keyin esa ayniqsa ommalashtirildi.

Rus familiyalarining aksari qismi otasining ismidan yoki laqabidan yasalgan: Ivanov, Vasilev, Petrov, Xromov (xromoy — cho‘loq), Mudretsov (mudriy — donishmand) va boshqalar.

Bir qancha hollarda ota-bobolari yashab kelgan yoki egalik qilgan joylarning nomlaridan qam familiyalar paydo bo‘lgan. Bunga Moskvin, Moskvitin, Shuyskiy (Shuya daryosi nomidan), Tereshkov (Tereshka daryosi nomidan) kabi bir qancha misollarni keltirish mumkin. Bizda ham Andijoniy, Namangoniy, Samarqandiy, Buxoriy kabi nisbalarni familiya desa bo‘laveradi. Rossiyada butun bir qishloq aqli familiyasi bitta bo‘lgan hollar ham uchraydi. Ular uchun shu qishloq yoki ajdodlardan birontasining nomi yoinki laqabi familiya bo‘lib xizmat qilgan.

Ko‘rinib turibdiki, rus familiyalarining qo‘shimchalari bir xil emas, lekin -ov, -ev, qo‘shimchalari eng ko‘p uchraydi. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbeklar ana shu shaklni qabul qilgan. Otasining, ba’zan buvasining ismiga -ov, -ev qo‘shilsa bas, familiya tayyor!

Xo‘sh, aslida familiya kerakmi, degan savol tug‘iladi. Bizningcha kerak. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida familiya bo‘lishi shart. Chunki u, birinchidan, sulola ko‘rsatkichi hisoblanadi, kishilarning qon-qardoshligini isbotlaydi, ikkinchidan har xil merosiy mulklarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi. Turli hujjatlarni to‘lg‘azish, aholi ro‘yxati kabi tadbirlar faqat kishilar nomlariga qarab olib borilsa, ish ancha murakkablashgan bo‘lur edi.

So‘z faqat familiyaning shakli to‘g‘risida bormog‘i kerak. Masalan, o‘zbeklar uchun ruscha familiyalar shaklini qabul qilish shartmi? Bu qaqda o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi. G‘afur G‘ulom, Hakim Nazir kabi taxallus shaklidagi shoirona ismi-shariflardan qaysi biri familiya. Qoidaga ko‘ra familiya bir so‘zdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Masalan, G‘arbiy Ovrupoda otaism yo‘q: Ronald Reygan, Fransua Mitteran, Margaret Tetcher va hokazo tartibda. Bunday qollarda Reygan, Mitteran, Tetcher deganda butun bir sulola tushuniladi. Izzat Sulton, Habib Nu’mon shaklidagi ismi-shariflardan familiya yasab bo‘lmaydi. Lekin bizda ham familiya yasaydigan vositalar yo‘q emas. Masalan, Ashrafiy, Mavloniy kabilar familiya tusini oldi-ku! Azizzoda, Umarzoda, Shayxzoda, Rahmatullin, Mallin shaklida familiya yasasa ham bo‘lar ekan. Alaviylar sulolasidan bo‘lgan shoira va folklorchi olima Muzayyana Alaviya o‘z jinsiga moslab familiya yasab olgan edi.

Har bir narsa zamona talabi va turmush eqtiyojlaridan kelib chiqadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi bizda ham familiya bo‘lishi zarur. SSJIda nikoq, oila to‘g‘risidagi qonunlar ishlab chiqilayotganda familiya atamasining ilmiy ta’rifiga ehtiyoj tug‘ildi. Shu munosabat bilan SSJIning ZAGS Bosh boshqarmasi SSJI Fanlar akademiyasi Etnografiya ilmgohining snomastika (atoqli otpar) sho‘basiga murojaat qildi. Muhokamadan so‘ng familiyaning ta’rifi qabul qiliidi: familiya — bu oilaning merosiy nomi bo‘lib, kamida uch avlodgacha o‘zgarmagan bo‘lishi kerak. Demak, familiya qonuniy kuch oldi.

Shu bilan bir qatorda qadimni ham unutmaslik kerak. Arab alifbosi ming yildan ortiq davr davomida amalda bo‘lgan ekan, arabcha nomlash usuli qam qon-qonimizga singib ketgan. At-Termiziy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi allomalarning nomlari arabcha ism qoidasi asosiga qurilgan. Xususan, o‘z sulolasining shajarasini tuzmoqchi bo‘lgan kishi “ibn” unsurini ishlatsa shajara juda ham ifodali va ixcham chiqadi (ma’lum-mashhur kishilarning shajaralari ana shunday tuzilgan).

Familiyaning bo‘lishi yana shuning uchun ham shartki, kishi haqida qisqacha ma’lumot olishga mo‘ljallangan hamma hujjatlarda (jumladan xorijiy mamlakatlarda) ism va familiyangiz haqida ayrim-ayrim savollar bor. Tabib tabib emas, boshidan kechirgan tabib. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ekanmiz, fermerlar, zavodchilar, ijarachilar, menejerlar, sponsorlar, ishbilarmonlar sulolasi yetishib chiqishi tabiydir. Bunday tadbirkorlar uchun albatta familiya kerak. Kelajakni o‘ylagan odam familiyani e’tirof etadi.

Er kurrasidagi aksari xalqlarda familiya rasm bo‘lgan. Lekin hozircha familiyani qabul qilmagan mamlakatlar ham yo‘q emas. Masalan, butun bir davlat — Islandiya (aholisi 237 ming kishi) familiyasiz yashaydi. Aholisi bir necha million kishidan iborat Hindistonda ham familiya rasmiy tus olgan emas. Indoneziya, Birma, Madagaskar kabi mamlakatlarda qam shu holni ko‘rish mumkin. Olimlarning fikriga qaraganda, kelajakda dunyodagi barcha xalqlar familiyani qabul qilishi tabiiydir.

Demak, familiya butun bir sulolaning umumiy nomi ekan, buning uchun qandaydir yangi shakl, yangi nom kashf etish shart emas, aksincha, shu sulola vakillaridan birontasining laqabi, taxallusi, nisbasi (tug‘ilgan yoki yashagan joyi, kasbiga qarab nomlanishi), urug‘-qabilasining nomi, otaismi bora-bora familiyaga aylanishi mumkin.

Shu bilan birga kelajakda ko‘plab yangi familiyalarga ehtiyoj tug‘ilsa ajab emas. Chunki dunyoda demografik portlash ro‘y berayapti — aholi tez o‘smoqda. Buning ustiga bir xil familiyali odamlarning ko‘pligi davlat miqyosida katta chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. Birgina Moskvada 90 ming Ivanov bor ekan, shundan 1000 kishi Ivan Ivanovich Ivanov ekan. 8 million shved yashaydigan Shvetsiyada 380 ming kishining familiyasi Anderson. 334 ming kishiniki Yoxanson, xuddi shuncha kishining familiyasi Karlson ekan. Mamlakatda 120 ming familiya bo‘lishiga qaramasdan, Shvetsiya parlamenti familiyalarni tartibga solish haqida qonun qabul qildi. Mamlakatda eng ko‘p tarqalgan 150 xil familiya egalariga murojaat qilib, EHMda tayyorlangan 900 ming familiyadan birortasini tanlab, o‘z familiyalarini o‘zgartirishlarini taklif etdi.

Demak, bu davr talabi ekan, «biz uchun familiya kerakmi?» degan savol o‘rinsizdir. Hali aytganimizdek, so‘z faqat familiyaning shakli to‘g‘risida bormog‘i kerak.

Xo‘sh, o‘zbeklar uchun qanday familiyalar tavsiya etish mumkin? Deyarli barcha xalqlarda familiyalarning semantikasi (ma’nosi) «o‘g‘li», «bolasi», «farzandi» degan ma’noni bildiradi; masalan, G‘arbiy Ovrupa tillarida -son, -sen, -zon qo‘shimchalari «o‘g‘li», fors-tojikchada zoda — farzandi, gruzin tilida shvili — tug‘ilgan, dze — o‘g‘li demakdir. Shunga asoslanib, o‘g‘li so‘zini qo‘shib familiya yasash mumkin. Masalan, Turkiyada, Demiro‘g‘li, Jafero‘g‘li degan sulolalar bor. Bunda kishining o‘z otasigina emas, balki ajdodlari ham nazarda tutiladi, kelajak avlodlar ham shu familiyani qabul qilishi mumkin.

Shuningdek, zoda qo‘shimchasi haqida qam shuni aytish mumkin. Shayxzoda, Azizzoda kabilar esa tayyor familiyalardir, Ozarbayjonda shunday. Hatto ayollar ham shu shakldagi familiyani qabul qilishgan.

Tug‘ilib o‘sgan joyining nomidan nisba (nisbiy ot) yasash Movarounnahrda qadimdan rasm bo‘lgan. Masalan, Yassi shahrida tug‘ilgan Aqmad Yassavny nisbasi mana, o‘n asrdirki, familiya sifatida avlodlari nomida saqlanib kelmoqda.

Shunga asoslanib, kishilar o‘e shahar-qishloqlarn, tevarak-atroflaridagi tabiiy-jug‘rofiy ob’ektlarning nomlarndan familiya yasashlari mumkin. Buning uchun ma’lum, mashhur tarixiy joy nomlari bo‘lishi shart emas. O‘zbekistonda 13 ming atrofida shahar-qishloq, bir necha yuz daryo-soylar, qancha-qancha tog‘u dashtlar bor. Bu kabi nomlarning hammasidan familiya yasab bo‘lmas. Buning uchun shaklan chiroyli, ma’nodor va tarixiy jihatdan ahamiyatlilarini tanlab olish mumkin.

Jug‘rofiy nomlardan ikki usul bilan familiya yasasa bo‘lar. Bulardan birinchisi bizda azaldan amal qilib kelingan nisba (nisbiy nom) yasash usulidir: Axsikatiy, Xondayliqiy, Samarqandiy, Xo‘qandiy, Xo‘jandiy, Xevaqiy va hokazo. Ikkinchi usul — joy nomiga -lik qo‘shimchasi qo‘shib sof o‘zbekcha familiya ijod etish: Axsikatlik, Samarqandlik, Urgutlik. Uchinchi usul — qishloq, soylar, kichikroq tog‘larning nomlaridan familiya yasashda qo‘l keladi deb hisoblaymiz: Achchilik, Beshkentlik, Baxmallik, Sangzorlik kabi. Bu aytilganlardan shu qishloqda yashaydigan barcha kishilar bir familiyada bo‘lishi shart ekan, degan ma’no chiqmasligi kerak. Bu misollar xohlagan kishilar uchun bir tavsiya xolos.

Yuqorida qayd qilinganidek, O‘rta Osiyo xalqlari rus familiyalarining faqat –ov (-ev) qo‘shimchasi bilan tugaydigan shaklini qabul qilgan ekanlar, bu arman familiyalaridagi -yants, -ants (-an, -yan) qo‘shimchalari kabi egalik qo‘shimchalari bo‘lib, «falonchiniki», «falonchining farzandi» degan ma’noni bildiradi, istagan o‘rtoqlar shu shakldagi familiyalarida qolishlari mumkin. Chunki, o‘zbek antroponimistlari bundan yaxshiroq familiya shakllarini hozircha kashf etganlarn yo‘q.

Tavsiya etish mumkin bo‘lgan yana bir shakl -in qo‘shimchali familiyalardir. Bu qo‘shimcha asli ruscha bo‘lsa ham (papin sыn – otasining o‘g‘li), uni dastlab ruslar bilan yonma-yon yashab kelgan tatarlar, shuningdek qozoqlar qabul qilishgan; odatda «a» tovushi bilan tugaydigan ismlardan shu shaklda familiya yasaladi: Abdullin, Bekmurzin, Sayfullin. Bunday shakldagi familiya o‘zbeklarda ham bo‘lishi mumkin: Mallin, Rahmatullin va hokazo.

Ko‘pchiligimiz ota-bobomizdan boshqa ajdodlarimizning ismi-shariflarini bilmaydigan manqurtlarmiz. Holbuki, qar bir musulmon yetti otasini bilishi kerak bo‘lgan. Agar biz ajdodlarimizning ismlarinigina emas, balki ularning kasb-hunarlarini va boshqa fazilatlarini bilganimizda familiya «to‘qish» ancha oson ko‘chgan bo‘lar edi. Masalan, Gulxaniy, Sakkokiy, Naqshbandiy kabi taxalluslar aslida hunar-kasb nomlaridir. Aytmoqchimizki, ota-bobolarning kasb-hunarlari nomidan ham familiya olsa bo‘ladi.

Ko‘proq qishloq joylarda urug‘-qabila nomlari qam familiya uchun asos bo‘lishi mumkii edi. Masalan, Minglik (Minglig‘), Naymaniy, Sartyuzilik, Qang‘liliq, Bahrin kabi familiyalar bo‘lsa nima qipti) Har bir qabila, katta urug‘ yana qancha shoxtarmoqlarga bo‘linadi. O‘sha etnonimlar ham familiya uchun negiz bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Turklar, ozarbayjonlar, qrimtatarlarda, shuningdek Xeva hujjatlarida «li» qo‘shimchali familiyalar uchraydi: Ibraimli, Sulaymonli kabi. Shu shakldagi familiyalar haqida ham o‘ylab ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Ayol kishi (qiz bola)larning familiyalariga kelganda shuni aytish kerakki, bunda faqat «o‘g‘li» qo‘shimchasigina «qizi» qo‘shimchasi bilan almashtiriladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar va tilga olingan familiyalar har qancha asosli bo‘lmasin, shunchaki bir tavsiya, xomaki xillari xolos. Bu kishilarni o‘ylantirishga, chinakam milliy familiyalar yaratishga undaydi, degan umiddamiz. Chunki boshqa ko‘p jabhalarda bo‘lgani kabi, hozirgi familiya ham yuqoridan, markazdan, aytish mumkinki, buyruq yo‘li bilan o‘tkazilgan; zo‘ravonlik bilan amalga oshirilgan har qanday siyosat vaqt sinoviga bardosh berolmasa, chok-chokidan so‘kilib keta boshlar ekan.

Jumhuriyatimiz chindan ham mustaqil ekan, tilimizga mos, chinakam ilmiy, o‘zbekona familiyalar yasamog‘imiz kerak. Endi kishilarning ismi-shariflari, laqab va taxalluslarini o‘rganadigan mutaxassislar — antroponimistlarning kuni keldi. Buning uchun ma’lum vaqt va qamin qadar mablag‘ kerak bo‘lar. Axir aholisi atigi bir necha millnonga teng Shvetsiya qariyb bir millionga yaqii familiya yasab, taxt qilib qo‘yibdi-ku!

Agar otaismdan voz kechiladigan bo‘lsa, turli murojaat atamalariga ehtiyoj tug‘iladi. G‘arbda otaism rasmiy ravishda qo‘llanilmaydi. Bizda esa ilgari kishilar bir-biriga mavlono, muallim, hazrat, janob, taqsir, begim, bonu, bibi kabi so‘zlar bilan murojaat qilishgan. Endi buni qam kundalik qayotda faollashtirish mumkin.

Ernst Begmatov, filologiya fanlari doktori.

Suyun Qorayev, filologiya fanlari nomzodi.

“Fan va turmush” jurnali, 1991 yil, 4-son