Abdulla Oripov. Ilm va ijod martabasi (2000)

Qashqa vohasi azaldan ilm-ma’rifat maskanlaridan bo‘lib kelgan. Qadimiy Keshni Sharq fuzalolari “ilm va adab qubbasi”, deb ta’rif qilgan bo‘lsa, Nasaf O‘rta Osiyodagi to‘rtta hadisshunoslik maktablaridan (Marv, Buxoro, Samarqand) biri sanalgan. Rostdan-da, bu ma’voda Kasbi, Fazli, Fudina, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi, Qamashi davomi…

Abdulla Qahhor. Uyat (1966)

Uyat faqat insonga xos tuyg‘udir. Hayvon uyat paydo qilolmagani uchun insonga yaqinlasholmaydi, lekin inson uyatini yo‘qotib hayvonga yaqinlashib qolishi mumkin. Oyog‘i yoki tili bilan gandiraklab yurgan mastga, qo‘lga tushib yoki qo‘lga tushishdan qo‘rqib es-hushini yo‘qotgan o‘g‘riga, hiyla-nayrangi fosh bo‘lib bezrayib davomi…

Erkin Vohidov. Yangi avlod ovozi (1980)

She’riyatimizga yangi avlod kirib keldi. Ohista, iymanib, ulug‘lar qoshida cho‘chinqirab emas, shaxdam, dadil, bamisoli to‘yxonaga kelgan o‘spirin kuyovnavkarlardek olatasir va suron bilan kirib keldi. Biz bu «bosqin»ni ko‘pdan kutgan edik, intizorlik bilan poylagan edik. Shunday kun keldi. Kuni kecha komsomol davomi…

O‘tkir Hoshimov. Mantiq qani? (1989)

Bir muxbir o‘ndan ortiq yozma savol bilan murojaat etib, O‘zbekiston qishlog‘ining bugungi ahvoli, turli muammolar haqida mulohazalar aytishimni iltimos qildi. Bir savolni o‘qiganimda beg‘araz kuldim. «Birinchi marta qishloqqa borganingizda Sizda qanday taassurot qolgan?» O‘zim qishloqda tug‘ilgan bo‘lsam, bolaligim qishloqda o‘tgan davomi…

G‘afur G‘ulom. Buyuk ustoz (1966)

Bugun buyuk shoir va olim, donishmand va xalqning eng mehribon do‘sti ulug‘ Alisher Navoiyning tug‘ilganiga 525 yil to‘ldi. Mana shu mo‘tabar kunni do‘stlar doirasida nishonlash allaqachon ajoyib traditsiyaga aylangan. Mana shunday tarixiy sharoitda men sizlarni, mo‘tabar, do‘stlarim, sovet xalqining yana davomi…

Abdulla Oripov. Buyuk eposga ehtirom (1999)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ulug‘ eposimiz — “Alpomish” dostonining katta to‘yini nishonlash to‘g‘risidagi tarixiy qarori xalq og‘zaki ijodiga, buyuk merosga yuksak ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ushbu qarorda “Alpomish” dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining ulkan badiiy yodgorligi sifatida jahon xalqlari etnik ijodiyoti davomi…