Tog‘ay Murod. Yosh qalamkashlarga tilaklarim (1993)

Birodar, sizga aytajak uch og‘iz gapim bor.

1. Birodar, faqat yolg‘iz odam asar izlaydi. Faqat yolg‘iz odam asar topadi. Faqat yolg‘iz odam asar yaratadi.

Ana shu yolg‘iz odam Yozuvchilar  uyushmasi ostonasidan kirib keladi.

U zot o‘ychan ham g‘amgin bo‘ladi. Mag‘rur ham dimog‘dor bo‘ladi. Salom-nima, alik nima – bilmaydi.

O‘zi, qaysi bir yurtdan poyezdga osilib kelgan bo‘ladi. Hatto, yashash uchun turar-joyi bo‘lmaydi.

Yolg‘iz odamni bir qo‘ltig‘ida Kafka bo‘ladi, bir qo‘ltig‘ida Kamyu bo‘ladi. U zot faqat qo‘ltig‘idagi qalamkashlarni va… yolg‘iz o‘zini tan oladi!

“Adabiyotni qaytatdan, yaratish kerak”, deb qo‘yadi. “Chingiz Ayt­matov ham yomon emas”, deb qo‘yadi.

Yolg‘iz odam Yozuvchilar uyushmasiga kirish uchun uchta yo‘llanma olib keladi. Yo‘llanmalar mana bunday bo‘ladi: “o‘z dunyosi bor, o‘z yo‘li bor, o‘z tili bor…”

Go‘yo, u zot bu sayyoradan emas, o‘zga sayyoradan. Go‘yo, u zot yer farzandi emas, samo farzandi. Xullas… buyuk!

Bunday qaralsa – ushbu yo‘llanmalar kulgiliday tuyuladi. Aslida, yo‘llanmalarda zig‘irday jon bo‘ladi. Yolg‘iz odamni ilk kitobi ana shu jondan nishona beradi.

Yolg‘iz odam ana shunday yo‘llanmalar bilan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi-yu… yolg‘iz odam bo‘lmaydi.

U endi ”do‘st” orttiradi, “do‘stlar davrasi” orttiradi.

“Avvalo odam bo‘lish kerak”, “Grajdan bo‘lish kerak”, “shoirlik taqdir – hammamiz ham bir darvesh”.

“Do‘stlar” ana shunday shior ostida “ijod qiladi.

U “do‘stlar” bilan nahorda oshga boradi, peshinda oshga boradi, oqshomda oshga boradi.

U eadi… “avvalo odam bo‘ladi”, “grajdan bo‘ladi”, “bir darvesh” bo‘ladi. Qo‘li ko‘ksida – tutun chiqqan joydan qolmaydi.

U  ko‘nsa ko‘ndi, ko‘nmasa – badnom bo‘ladi.

Birov ustoz bo‘lib. uni o‘ngga yetaklaydi. Birov aka bo‘lib, uni chapga yetaklaydi. birov muharrir bo‘lib, boshqa bir yoqqa yetak­laydi.

U endi… “ko‘p qatori bo‘ladk”, “o‘zimiz qatori bo‘ladi.

“Katta bir nima deganda xo‘p deng”, “Siz aytganni qiling, kam bo‘lmaysiz”, “Akalaringizni mahkam ushlasangiz, odam bo‘lasiz”.

U ana shunday ustozona maslahatlar ostida “ijod” qiladi.

U ko‘nsa ko‘ndi, ko‘nmasa – ishga kirolmaydi, uy ololmaydi, mashina ololmaydi.

U endi guruhlar manfaati yo‘lida bo‘zchini mokisi bo‘ladi. Fraktsiyalar maqsadi yo‘lida xalq dilidagini aytuvchi xalqparvar bo‘ladi. Fraktsiyalar foydasi yo‘lida vatanini o‘ylovchi vatanparvar bo‘ladi.

U endi haqikatparvar qiyofasida muqaddas dargohlarni alg‘ov-dalg‘ov etadi. Poqdomon dillarni yara etadi. Majlislarda dunyoni boshiga ko‘taradi.

Oxir-oqibat – yalang‘och qirol bo‘lib qoladi.

Birodar, ezgulik yo‘lida guruh tuzmaydilar. Vatan yo‘lida frak­tsiya tuzmaydilar. Xalq yo‘lida fraktsiya tuzmaydilar.

“Guruh – bir-ikkita zot manfaati yo‘lida bir to‘da olomon telbaligidyar”.

Jonatan Svift ana shunday deb edi.

Birodar, siz “mustaqil O‘zbekiston”, deb hayqirasiz. Chin, O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi. Chin, O‘ebekiston uch yildan buyon mustaqillik gashtini surib yashamoqda.

Endi… siz o‘zingizga bir… oyna olib qarang: siz-chi» siz o‘zingiz-chi?

Birodar, men siz-da O‘zbekiston yurtingizday mustaqil bo‘lsangiz deyman.Men sizga-da mustaqillik tilayman.

Birodar, jahonda bir qator xalqaro tashkilotlar bor. Barchasi-da olamjahon tashkilot, barchasi-da nufuzli tashkilot. Jahon mamlakatlari birovga qo‘shilmaydigan xalqaro tashkiloti ana shular jumlasidan. Qanaqa tashkilot ekani nsmidan ayon – birovga qo‘shilmaydigan davlatlar tashkiloti.

Birodar, O‘zbekiston yurtingiz ana shu xalqaro tashkilot a’zosi bo‘ldi, O‘zbekiston yurtingiz birovga qo‘shilmaydigan jahsn davlatlari safidan joy oldi.

Endi… siz-da o‘zingizga bir… oyna olib qarang: siz-chi, siz o‘zingiz-chi?

Birodar, men sizni birovga qo‘shilmaydigan O‘zbekiston yurtingizdan namuna olsangiz, deyman. Men sizga mustaqillik tilayman.

Birodar, O‘zbekiston yurtingiz o‘z gerbiga ega bo‘ldi.

Gerb – davlat yuzi, demaqdir. Gerb – el yuzi, demakdir.

Ana endi O‘zbekiston davlatingizni o‘z yuzi bor davlat, desa bo‘ladi. Ana endi o‘zbek elingizni o‘z yuzi bor el, desa bo‘ladi.

Endi… siz o‘zingizga-da bir… oyna olib qarang: o‘zlarida-chi,  o‘zlarida?

Birodar, men sizni O‘zbekiston davlatingiz yo‘lidan borsangiz, deyman. Men sizni o‘zbek elingizdan namuna olsangiz, deyman.

Birodar, men sizda shaxsiy gerb – o‘z yuzingiz bo‘lsa, deyman. Men sizga shaksiy gerb- shaxsiy yuz tilayman.

Birodar, O‘zbekiston yurtingiz o‘z gimniga ega bo‘ldi.

Gimn – davlat so‘zi, demakdir. Gimn – el so‘zi, demakdir.

Ana endi O‘zbekiston davlatingizni o‘z so‘zi bor davlat, desa bo‘ladi. Ana endi o‘zbek elingizni o‘z so‘zi bor el, desa bo‘ladi.

Birodar, siz o‘zingizga tag‘in bir… oyna olib qarang: o‘zlarini-chi, o‘zlarini?

Birodar, men sizda-da shaxsiy gimn – o‘z so‘zingiz bo‘lsa, deyman. Men sizga-da shaxsiy gimn – shaxsiy so‘z tilayman.

2. Dastxat nima?

Dastxat – barmoq.. Dastxat – qo‘l. Dastxat – imzo.

Ana shu tamg‘alardan inson zoti kim – bilib olsa bo‘ladi.

Shu bois, imzo – hujjat, imzo – dastxat.

Hayotda dastxatlar ko‘p: olim dastxati, qahramon dastxati, san’atkor dastxati…

Ammo qalamkash dastxati – dastxatlar dastxati. Qalamkash dastxati – tabarruk dastxat. Qalamkash dastxati – tarixky dastxat.

Men Abdulla Oripovdan dastxat olish uchun… nonga navbatda turganday turib edim. Men Chingiz Aytmatovdan dastxat olish uchun… aeroport borib poylab edim.

Uyimda ana shu zotlar dastxati bor. Men ushbu dastxatlarga qarab-qarab yashayman. Men xayolimda… Oripov bilan yonma-yon yashayman. Men xayolimda… Aytmatov bilan qo‘shni yashayman.

Men ushbu dastxatlarga qarab-qarab… o‘zimni dadil ham ulug‘vor chog‘layman!

Birodar, kimdir lider bo‘lmoqchi bo‘ladi. Ammo lider bo‘lolmaydi. Ojiz bo‘ladi.

Aslida, inson uchun yer yaxshi. Boisi, inson yer farzandi.

Ammo u zot yerga qanoat qilmaydi. U yuksaklarni ko‘zlaydi. U fazoga talpinadi,

U zot ko‘tarilish uchun narvon izlaydi. Narvon deya, vatanparvar qiyofasida vatanfurushlik qiladi, xalqparvar qiyofasida xalqfurushlik qiladi. Narvon deya, mol-dunyo tarqatadi, jon kuydiradi.

Oxir-oqibat, narvon topadi. Uzun-uzun narvon. Yigirma-o‘ttiz zinapoyali narvon.

U zot ana shu narvondan yuqori ko‘tariladi,. U tevarakka dimog‘i bilan qaraydi. U ulug‘vor-ulug‘vor qaraydi. U buyukona-buyukona qaraydi.

Go‘yo, u cho‘qqi, barcha – yer. Go‘yo, u ulug‘, barcha – faqir. Go‘yo, u buyuk, barcha – chivin.

Birodar, ana shu narvon… siz yig‘ajak imzolar! Ana shu nar­von… siz qo‘yajak imzolar!

Uzun-uzun. Qavat-kavat. Bir imzo – bir zina, bir zina – bir imzo. Bir, ikki, uch… yigirma beshta imzo. Demak, yigirma beshta zina!

Lider ana shu narvon zinalar – imzolaringizga oyoq tirab mansabga ko‘tariladi. Lider narvon zinalar – imzolaringizga oyoq qo‘yib shon-shuhrat cho‘qqisiga yuqorilaydi. Lider narvon zinalar -imzolaringizga oyoq tirab g‘animlaridan o‘ch oladi.

Siz… zinapoya bo‘lasiz!

Axir, bnr imzo ostida bir shoir yelkasi yotadi. Bir imzo ostida bir adib boshi yotadi. Bir imzo ostida bir olim ko‘kragi yotadi.

Lider… shoirona yelkangizga oyog‘ini qo‘yib ko‘taryladi. Lider… adibona boshingizga oyog‘ini bosib yuqorilaydi. Lider olnmona ko‘kragingizga oyog‘ini tirab ko‘tariladi.

Shunday, siz zinapoya bo‘lasiz.

Imzolar – zinalar, zinalar – imzolar…

Matbuotlarda Zina-zina shoirona imzolar, Zina-zina adibona imzolar! Yuqori idoralarda qator-qator shoirona imzolar, qator-qator adibona imzolar! Arxivlarda qavat-qavat shoirona imzolar, qavat-qavat adibona imzolar!

Birodar, adabiyot imzo san’ati emas, yo‘q, adabiyot imzo san’ati emas!

Siz imzo emas, siz – so‘z yig‘ing. Siz arizaga emas, siz – asarga imzo qo‘ying.

Ana shu asaringizii narvon qilib – yuqori ko‘tariling. Oyoqlaringiz ostida imzongiz emas – asaringiz bo‘lsin!

El-yurtda qachon qayta qurish bo‘ladi?

Xar banda o‘z aravasini o‘zi tortsa – el-yurtda qayta qurish bo‘ladi. Har banda   o‘z aravasini o‘zi tortsa – el-yurt boy ham obod bo‘ladi.

Birodar, sizning aravangie – adabiyot!

Birodar, shoir imzosi kulgi bo‘lmish ushbu kunda siz o‘z imzongizni avaylang.

El sizni bir ko‘rish uchun yog‘ilib kelsin. El sizdan dastxat olish uchun navbatda tursin. El dastxatingiz bilan faxrlansin.

Birodar, adib imzosi sharmisor bo‘lmish ushbu kunda siz o‘z imzongizni qadrlang.

El sizni kutib olish uchun peshvoz chiqsin. El sizdan dastxat so‘rasin. El dastxatingizni uyi to‘riga quysin.

Birodar, qalamkash imzosi oyoq osti bo‘lmish ushbu kunda siz o‘z imzongizni ko‘z qorachig‘ingizda olib yuring.

3.  Samarqazd minoralari olisdan cho‘p misol ko‘rinadi. Go‘yo, ushlasa kaftga sig‘adi. Yaqinroqdan esa kallaklangan tut misol ko‘rinadi. Go‘yo, quchoqlasa quchoqqa sig‘adi.

Oldidan bahaybatdan-bahaybat minora bo‘lib ko‘rinadi. Kaft tugul, aqlga sig‘maydi. Quchoq tugul, xayolga sigmaydi.

Minora uchidan yer sayin kengayib keladi. Yerga kelib yo‘g‘onlashadi. Minora joyi ulkan gumbaz bo‘ladi. Inson gumbaz poyida bir ushoq bo‘lib qoladi.

Ana shu gumbaz poydevor minoralarni asrlar osha ko‘tarib keldi. Umr ato etib keldi.

Badiiy asar-da misoli bir minora. Asarni-da o‘z poydevori bo‘ladi. Asar umri ana shu poydevordan bino bo‘ladi.

Asar poydevori – til.

Tag‘in bir til bor. Bu – og‘iz til. Go‘dak kaftiday lahim et. Suyaksiz et,

Ijod olamida bir toifa qalamkashlar bo‘ladi. Ular asari… harflardan iborat bo‘ladi. Tuzsiz so‘zlardan iborat bo‘ladi. Betayin so‘zlardan iborat bo‘ladi.

Bu qalamkashlarni og‘iz tili esa… asfalt yo‘lday bo‘ladi. Og‘iz tili asfalt yo‘lday uzun ham cheksiz bo‘ladi. Og‘iz tili asfalt yo‘lday qop-qora ham qo‘lansa bo‘ladi.

Birodar, til- dil, dil – til. Farqi – bir harf, bittagina harf.

Bunday qalamkashlar umriyam asfalt yo‘lday ezilib o‘tadi. Umri qishda muzlab o‘tadi. Umri yozda kuyib o‘tadi.

Bunday qalamkashlarda tan-sog‘lik bo‘lmaydi. Bet-bosh bo‘lmaydi. Rang-ro‘y bo‘lmaydi. Ust-bosh bo‘lmaydi.

Birodar, yomon til yo jonga uradi,  yo imonga uradi!

Bundaylar har so‘zini oylab o‘ylaydi. Har so‘zini haftalab o‘ylaydi. Har so‘zini kunlab o‘ylaydi. Uylab-o‘ylab gap tarqatadi, gap sotadi, gap sasiydi.

Gapi aylanib o‘ziga kelsa – u bez bo‘lib tura beradk, u tonib tura beradi. “Qanaqa gap?”- deydi. “Men bilmayman”, deydi. “Tilni suyagi bormi, gapiraveradig‘da, deydi.

Bundaylar ijodini jamlasa bir jild bo‘ladi, ig‘vosini jamlasa-o‘n jild bo‘ladi!

Bundaylar maqsadlariga qanday erishadi? Bundaydar… salom-aliqtsa otashnafas bo‘ladi. Muomalada “odamni joni” bo‘ladi. Ulfatchilikni qotiradi. “Do‘stim,  “o‘rtoq”, deya o‘pishib ko‘rishadi. Duoi fotihani boplaydi.  “Janob”, “taqsir”, deya so‘zamol bo‘ladi.

Birodar, seni menlar nimadan boshlanadi? Bir og‘iz ig‘vodan boshlanadi. Bir-birlari aro tish qayrashlar nimadan boshlanadi? Bir og‘iz fisq-fasoddan boshlanadi. O‘zaro g‘animlik nimadan boshlanadi? Bir og‘iz fitnadan boshlanadi.

Tayoq etdan o‘tadi, so‘z suyakdan o‘tadi.

Birodar, jahon urushlariyam… fitnadan boshlanib edi!

Hayot til bilan boshlanadi, hayot til bilan ado bo‘ladi. Shu bois, hayotga kelajak  insonni: “tili chiqibda”, deydi. Hayotdan ketajak insonni;  chtildan qolibdi”, deydi.

Birodar, qalamkashni suydiradigan – asari tili, qalamkashli kuydiradigan – og‘iz tili!

1993 yil.