Abdulla Avloniy. Zakot

Hozirda ramazonchilik, hamma ro‘zador, hech kimning qulog‘iga gap kirmaydurgon vaqt bo‘lsa ham vaqti o‘tmasun deb, ustimizda farz bo‘lgan ulug‘ ibodatlarning to‘rtinchisi bo‘lgan zakot xususida bir oz so‘ylamakni munosib ko‘rduk. Chunki bizim Turkiston boylari mol va dunyolarining hisobu kitobini ramazon oyiga davomi…

Abdulla Avloniy. Kayfim uchdi

Bir kun tomosha bog‘ yonidagi Kaufman gubirnaturning haykaliga yaqin bir chorpoyada hushum og‘ub o‘lturub edim. Toshkandimizning mashhur boylaridan birining bir aqllik oti bo‘lur ekan. Mazkur boyning bankg‘a to‘laydurg‘on «platuji» bo‘lur ekan. Boy afandi shul kuni to‘lovni esidan chiqarub, to‘ydami, ziyofatdami davomi…

Abdulla Avloniy. O‘z shahrimda sayohat

Ko‘ramanki, ba’zi odamlar sayohat qiladilar. Jarida va jurnallarga qilgan sayohatlarini, ko‘rgan-kechirganlarini oqizmay-tomizmay, ignasidan ifigacha yozadirlar. Man ularning yozganlarini ko‘rub, achchig‘im chiqub aytur edimki, «sayohat nima degan gap, mundan nima ma’no chiqar?» deb. Emdi bir oz aqlimni boshimga yig‘ib o‘ylab ko‘rsam, davomi…

Abdulla Avloniy. Kim nimani yaxshi ko‘rar?

Ehtimol, bizning xalq ilmu ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish. Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar. Ulamolarimiz darsu ta’lim davomi…

Abdulla Avloniy. Tiyotr xususida munozara

I Kunlar bahor fasli o‘ldig‘indan daraxtlar uyg‘onub, yafrog‘lar orasidan rang-barang gullar chiqarmish, yer olti oydan beri qornida saqlagan alvonlarini yuzaga chiqarub, ko‘m-ko‘k baxmal kabi yozmish. Har tarafga qishning zulmidan qochgan qushlar kelub, har xil ovozlar ila nag‘ma va faryod boshlamish. davomi…

Abdulla Avloniy. Madaniyat to‘lqunlari

I Har kimga ma’lumdirki, dengizlarning to‘lqunlari bir tarafdan ikinchi tarafg‘a ko‘chub yuriydir. Bu kun bir tarafda to‘lqun bo‘lsa, ertasi ikinchi tarafda boshlanub, avvalgi shovullab, qichqirub, shodligindanmi yoki boshqa bir sababdanmi bir necha sajin yuqoriga sakrashub turgon yerlari sukut va sokit davomi…

Abdulhamid Cho‘lpon. Vayronalar orasidan (1924)

(Andijon – O‘sh – Jalolobod) Ertalab azon vaqtida jo‘namoqchi bo‘lub yotqan edim. Eng qizg‘in uyquda vaqtimda uyg‘otdilar, «Tur, aravakashlar kelib qarab turubdurlar», – dedilar. Uyqusiramadim, irg‘ib o‘rnimdan turdim. Naridan-beri, cha­la-chulpa bet-ko‘zni yuvub, apil-tapil kiyimlarimni kiydim-da, tashqarig‘a chiqdim. Qorong‘i, xiyla qorong‘i davomi…


Maqolalar mundarijasi