Abdulla Qodiriy. Taraqqiy (1923)

Batqaldoq xo‘ja: — Hoy eshon, biz ham endi ancha taraqqiy qilibmiz-a?!

Lo‘kidon xo‘ja: — Qayoqdan bildingiz?

— Xotunlarimiz nos o‘rnig‘a popiro‘s cheka boshlabdurlar.

—      Qayoqda ko‘rdingiz?

—      Qayoqda ko‘rar edim, sentralniy mo‘nchada ko‘rdim…

Shilg‘ay

«Mushtum» — 1923 yil, 3-son, 7-bet