Ozod Sharafiddinov. Domlalar

Kitob nomi: Domlalar
Muallif: Ozod Sharafiddinov
Nashriyot: Ma’naviyat
Yil: 2009
Mavzu: Xotiralar
Sahifa: 280
Hajm: 2,65 Mb
Fayl: PDF
Manba: Ziyouz.com kutubxonasi

Saqlab olish

Ozod Sharafiddinov. Domlalar / O. Sharafiddinov; To‘plovchi va nashrga tayyorlovchilar: M. Sharafutdinova, Sh. To‘ychiyeva. —T.: «Ma’naviyat», 2009. – 280 b.

O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov umrining so‘nggi kuniga qadar qo‘lidan qalamini qo‘ymagan, qalbidagi jamiki ezgu tuyg‘u-fikrlarni boshqalarga ilingan bag‘ri ummon inson edi.
Qo‘lingizdagi kitobdan olimning aziz ustozlari, do‘stlari va shogirdlari to‘g‘risidagi biri biridan qiziq, o‘qishli hikoya-xotiralari o‘rin olgan. Ularning har birida xalqimiz madaniyati, ilmu fani, maorifi rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilgan insonlarning faqat o‘zigagina xos tabiati, xarakter jihatlari, taqdiridagi muhim voqea-hodisalar nihoyatda jonli tilda, qiziqarli uslubda taqdim etiladi. Hikoyalarni o‘qir ekanmiz, ko‘z oldimizda nafaqat muayyan shaxs fe’lu atvori, uning hayotiy yoxud ilmiy-ijodiy faoliyati, balki xalqimiz XX asrda bosib o‘tgan murakkab ijtimoiy-madaniy yo‘l, yurtimizning ko‘plab go‘shalari, u yerlarda turli yillarda umrguzaronlik qilgan odamlar qiyofasi namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda mazkur kitob o‘ziga xos tarixiy manba sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil yurtimizda insonni qadrlash, jumladan, millatimizning ma’naviy-ma’rifiy takomiliga ulkan hissa qo‘shgan chinakam ziyolilar hurmat-e’tiborini joyiga qo‘yishdek ezgu an’analarni tiklash ishiga Ozod Sharafiddinovning ushbu kitobi ham munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi shubhasizdir.

To‘plovchi va nashrga tayyorlovchilar: M. Sharafutdinova, Sh. To‘ychiyeva