Begali Qosimov. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik

Qo‘lingizdagi kitob Turkiston tarixining XX asr boshidagi eng muhim hodisalaridan biri hisoblanmish jadidchilik harakati bilan tanishtirish borasidagi navbatdagi qadamlardandir.

Muallif ushbu mavzu bilan salkam 40 yildan buyon shug‘ullanib keladi. Abdulla Avloniy, Mirmuhsin Shermuhamedov, Saidrasul Aziziy, So‘fizoda, Nozimaxonim, Sidqiy Xondayliqiy, Tavallo, Botu, Mirmulla, Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Kamiy ijodlarini o‘rgandi va ularning faoliyati bilan kitobxonlarni tanishtirdi. Lekin davr taqozosi bilan ularning mustaqillik uchun kurash faoliyati chetlab o‘tilib, ma’rifatchiligiga asosiy e’tibor berilgan edi. Mustaqillik tufayligina bu ijodkorlar faoliyati va merosini atroflicha o‘rganish, Vatan va Millat manfaati nuqtai nazaridan baholash imkoniyati tug‘ildi.

Mazkur tadqiqot jadidchilikning shakllanishn, tarixi, manbalari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy harakatchilik bilan aloqalarnni umumlashtirish yo‘lidagi tajribalardan biridir.

Bu hodisaning o‘lmas g‘oyalari, ayniqsa, ulardan uchtasi hozirgi kunlarimizda ham suv bilan havodek zarur bo‘lib turibdi. Bular: jasorat, ma’rifat, fidoyilik!

Begali Qosimov. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. – Toshkent, “Ma’naviyat”, 2002