Chu Txi Tom (1962)

Shoira va jurnalist Chu Txi Tom (Chu Thị Thơm) zamonaviy Vetnam adabiyotining samarali ijod qilayotgan vakillaridan biri. Uning she’rlari va publitsistik maqolalari matbuotda tez-tez chop qilinadi. BIR KUNI Alangaga qiyoslasa bo‘lar sevgini, Hayotni bulut-la yonma-yon qo‘ymoq, Seni solishtirdim po‘rtana bilan, davomi…

Xo Suan Xiong (1772-1822)

Shoira Xo Suan Xiong (Hồ Xuân Hương) “Vetnam she’riyatining qirolichasi” deb nom olgan. Uning ijodida inson qalbi va hayot go‘zalligi tabiat manzaralariga uyg‘un ifodalanadi. Xo Suang riyokorlik, axloqsizlik kabi illatlar keskin tanqid qilingan she’rlari bilan ham tanilgan. U kichik she’riy davomi…

Fam Xo (1926-2007)

Fam Xo (Phạm Hổ) – Vetnam shoiri. NODON TOYChALAR Borardi tosh ko‘chada Ota ot mamnun, Yangi taqa tuyoqdan Sochardi uchqun. Buni ko‘rib toychalar Ko‘tardi qiy-chuv: – Tuyoqlarga o‘t ketdi, Tezroq seping suv! Rus tilidan Nurulloh Oston tarjimasi

May Van Fan (1955)

Shoir May Van Fan (Mai Văn Phấn) 1955 yili Vetnam shimolidagi Ninh Banh viloyatida tavallud topgan. U o‘z xalqining quvonch va tashvishlarini go‘zal va ohangdor vetnam tilida qalamga olarkan, qashshoqlik, kasallik, azob-uqubat bilan birga oddiy kishilarning samimiy ko‘ngil izhorlarini quyuq davomi…

Nguyen Fan Ke May (1973)

Nguyen Fan Ke May (Nguyễn Phan Quế Mai) Vetnam shimolidagi kichik bir qishloqda tug‘ilgan, keyinchalik mamlakat janubidagi Mekong Deltada o‘sib-ulg‘aygan. 1992 yili u Avstraliyaga o‘qishga ketib, u yerdan qaytgach Vetnamdagi hukumatga qarashli va nodavlat tashkilotlar rivojiga hissa qo‘shgan. Asosan ayollar davomi…

Buy Sim Sim (1969)

Buy Sim Sim zamonaviy Vetnam shoiralaridan biri. Xanoy davlat universitetini tamomlagan. Bir qancha xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Hozirda poytaxt Xanoyda yashab ijod qiladi. Shoiraning kitoblari mamlakatda eng ko‘p sevib o‘qiladigan asarlardan hisoblanadi. ANNAGA ATALGAN HISLAR Anna Karenina! Ehtimol, davomi…

Lo Ngan Shun (1945-2013)

Lo Ngan Shun taniqli shoir, Vetnam Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bir qancha kitoblar, stsenariylar muallifi. GO‘ZAL Go‘zal Qorga mengzaydi u, Qo‘l tekkizsang – xo‘p qaynoqqina. Go‘zal olovmonand – muzdayin Nayzasini sanchar qo‘llaring tegsa. Istamaysanmi sipqorishni Bir qultum suv kabi? Qara – davomi…


Maqolalar mundarijasi