Ali Sardor Ja’fariy (1913-2000)

Ja’fariy Ali Sardor (علی سردار جعفری 1913.29.2, Balrampur, Ganda okrugi – 2000.1.8, Bombey) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Urdu tilida ijod qiladi. Dehlidagi universitetni tamomlagan. «Hind xalq teatrlari Assotsiatsiyasi»ning asoschilaridan biri. «Yangi dunyoga salom!» (1947), «Olamning quyoshi» (1950), «Osiyo uyg‘ondi» davomi…

Horis Xoliq (1966)

Horis Xoliq (حارث خلیق) – shoir, yozuvchi, “Ishq taqvimi”, “Sening sevging” singari o‘nga yaqin she’riy to‘plam muallifi. She’rlari bir qancha xalqaro antologiyalarda chop etilgan. 2013 yilda urdu tilli shoirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro adabiy tanlov g‘olibi bo‘lgan. U VA MEN U davomi…

Parvin Shokir (1952-1994)

Shoira Parvin Shokir (پروین شاکر) AQShning Garvard universitetida tahsil olgan. Faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan, so‘ng davlat idoralarida xizmat qilgan. Urdu tilida ijod qilgan shoira jahonda Pokiston she’riyatining yorqin vakillaridan biri sifatida taniqli. Asosan verlibr va g‘azal janrida she’rlar yozgan. 1994 yil davomi…

Zahro Nigoh (1937)

Shoira Zahro Nigoh (زہرہ نگاہ) Hindistonning Haydarobod shahrida tug‘ilgan. 1947 yilda Pokistonga ko‘chib kelgan. O‘tgan asrning 50-yillarida taniqli shoira sifatida shuhrat qozongan. Bir necha teleseriallar muallifi. OY RANGLI DARAXT Tushda bo‘lganiday o‘tgan kech esimga oldim, bog‘imning bir chetida daraxt oy davomi…

Ahmad Nadim Qosimiy (1916-2006)

Ahmad Nadim Qosimiy (احمد ندیم قاسمی‬‎) – shoir, adabiy tanqidchi, jurnalist. Ellikdan ziyod badiiy, ilmiy-ommabop kitobi chop etilgan. U yarim asr mobaynida adabiyot jurnalining bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritgan. “Yomg‘ir tomchilari” (1944), “Gul yolqini” (1953), “Vafo sahrosi” (1962) kabi kitoblari davomi…

Anis Nagi (1939-2010)

Taniqli shoir, urdu adabiyoti bo‘yicha fan doktori unvoniga ega adabiyotshunos Anis Nagi (انیس ناگی) 60-yillar adabiy harakatining peshqadamlaridan sanaladi. Yangi she’riyat va ekzistentsializm oqimi tarafdori. U Pablo Neruda, Alber Kamyu va Jan-Pol Sartr asarlarini urdu tiliga tarjima qilgan. Adib 2010 davomi…

Ahmad Faraz (1931-2008)

Ahmad Faraz (احمد فراز) – shoir, adabiyotshunos. Peshovar universitetida o‘qib, urdu va fors tili, adabiyoti bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Faoliyatini Pokiston radiosida stsenariynavislikdan boshlagan. Keyinchalik Peshovar universitetida urdu tili va adabiyotidan dars bergan. Pokiston Milliy kitob fondi raisi vazifasida faoliyat davomi…

Shahzod Ahmad (1932-2012)

Shoir va faylasuf Shahzod Ahmad (شہزاد احمد) Hindistonning Amritsar shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik Pokistonga ko‘chib kelgan. 1956–1958 yillarda Lahor universitetida psixologiya va falsafa fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U ko‘plab she’riy va ilmiy kitoblar muallifi. Bir qator jahon she’riyati namoyandalarining asarlarini davomi…

Vazir Og‘a (1922-2010)

Vazir Og‘a (وزیر آغا‬‎) – shoir va yozuvchi, essenavis, Lahorda nashr qilingan adabiyot jurnali muharriri. Uning ko‘plab she’riy va adabiy tanqid haqidagi kitoblari nashr qilingan. Pokistonning zamonaviy shoirlari Vazir Og‘ani ustoz sifatida e’zozlashadi. U Nobel mukofoti nominanti bo‘lgan. ChANGALZORDAGI QUShLAR davomi…


Maqolalar mundarijasi