Sharif Hisoriy (XIX asr)

* * *

Ey  dil, ishqda kuymasang, kuylashingdan ne foyda?
O‘zingni ahli dard deb o‘ylashingdan ne foyda?

Diling ichra xudodan qo‘rquvdan ham asar  yo‘q,
Tun-kun namoz o‘qi deb so‘ylashingdan ne foyda?

Ekinga nima naf bor, bevaqt yoqqan yomg‘irdan,
O‘lim kelgan chog‘i «xay-xay»lashingdan ne foyda?

Dunyo fig‘on, zorlikning maqomidir, ey rafiq,
Hashr kuni zor yig‘lab «voy»lashingdan ne foyda?

Dedim: Tangrim, Sharifni qullikka qabul ayla,
Dedi: endi qulman deb sayrashingdan ne foyda?

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi