Nosirjon Ma’sumiy (1915-1974)

Nosirjon Ma’sumiy 1915 yilning 2 may kuni Tursunzoda shahrining Qaratog‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Dastlab Samarqand shaxrida ikki yillik muallimlik kursini tamomlagan. So‘ngra Dushanbe davlat Pedagogika institutining Filologiya fakultetini xatm qilgan va shu institutda turli vazifalarda mehnat qilgan.
“Tojik tili rivojlanishiga oid ocherklar”, “Dunyoqarash va mahorat”, “Tojik folklori ” kabi ilmiy, “Saodat mulkining dostoni ” nomli she’riy to‘plami chop etilgan.
1974 yilda vafot etgan.

BAYTLAR

Azizim, men tomon bir bor nigoh qil,
Diling dardlaridan meni ogoh qil.

* * *

Ajib g‘unchadahondirsan azizam,
Nechog‘lik xushzabondirsan azizam.

* * *

Lablaringdan bir bo‘sa ber ey, suluv,
Ichgan bilan kamaymas daryo suvi.

* * *

Sadaf ichra gavhardek mehring dilda tutgan makon,
Boisi ushbudir: dilim sensiz yashay olmas bir on.

* * *

Ilk bor onam suti bilan sening mehring tuygan edim,
Gulzorga o‘rgangan gulbondek mehringga mushtoqman, Vatan!

* * *

Oftob olamni yoritgan chog‘idek,
Bilim odam uchun olam  chirog‘idir!

* * *

Do‘stlar xonadoningiz doimo obod bo‘lsin,
Xonadon ahlingiz ham neknomu shod bo‘lsin.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi