Mirzo Olimjon Hasrat (XIX-XX asr)

* * *

Sensiz gulni gulshanda xor bilurmiz,
Zikringsiz tasbehni zunnor bilurmiz.

Kimki ne’matingga shukr qilmasa
Oyoqdan bosh qadar devor bilurmiz.

Zohido,  so‘ylama ishqu vafodan,
Surating shunchaki inkor bilurmiz.

Zahrin sochar bo‘lsa yo‘qdir omonlig‘,
Nomardni  hamisha  mor bilurmiz.

Falakdan dili  dog‘ bu Hasratiyning,
Falakni dil kabi  afgor bilurmiz.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi