Farxunda

EY TURNALAR

Ey turnalar, yorim tomon safar qiling
Borgan chog‘da yor holiga nazar qiling.
Necha bahor o‘tdi yorni ko‘rganim yo‘q
Ahvolimdan sizlar unga xabar qiling.

Tilagim shu yorim doim omon bo‘lsin
Guldek yashnab ochilsinu shodon bo‘lsin.
Bu umidli  dunyo ichra yolg‘iz jonman
Umidlarim bir-la umri ravon bo‘lsin.

Ey turnalar, yorim sari parvoz eting
Gulbog‘imdan ul yorimga gullar elting.
Ayting yorga ul hamisha yodimdadir
Nurli oftob yanglig‘ mudom yonimdadir.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi