Emomali Mirzoyev (1952)

Mirzoyev Emomali 1952 yil 29 mayda Xatlon viloyati Vose tumanida tug‘ilgan.
“Daryo parvoyi”, “Daraxt raqsi” kabi to‘plamlar muallifi.

ShOIR VA RASSOM

Bor edi shoir juda sarvatli
Qasru bog‘li, behisob davlatli.

Tuzdi u o‘z she’rlaridan bo‘ston.
Bo‘lsin deya nomim el ichra doston.

Nashr qilmoq istadi u bir kitob
Rassom topib ayladi unga xitob:

«Naqshu oroish bergin sen chunon,
Tokim bo‘lay el aro olinishon».

Go‘zal  edi kitobning har surati,
Olamni tutdi kitob shuhrati.

Ammo «Rassom kim?» deya ahli jahon
Sho‘rishu g‘avg‘o qilar erdi chunon.

Naqshlar el ko‘nglini masrur ayladi.
Hamda rassomni mashhur ayladi.

Ammo shoir mehnatidir benishon,
Kimsa so‘rmas nomini mutloq, ishon!

Kimki yengil obro‘ topmoqdir ishi,
Unga ibrat erur shoir qilmishi.

DIL VULQONI

Dil  otashi vulqondan kuchli
Garchi ko‘zga tashlanmasa ham.
U portlasa tutgay olamni
O‘chirmoqqa yuzta odam kam.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi