Banda — Domullo Imomiddin (XIX-XX asr)

* * *

Ketgil zohid, ikki olam ichra aysh-ki bor mendan,
May mendan, ko‘za mendan, mahfili vasli yor mendan.

Ko‘zlarimdan oqqan yoshga to‘lib dashtu  biyobonlar
Dajla daryosidek oqdi, yig‘lashga ixtiyor mendan.

Poyingdan bir bo‘sa olmoq mening oliy orzuimdir,
Yo‘lga tushdim men mastona bosh og‘rig‘i – xumor mendan.

Jafo sendan, sitam sendan, g‘am sendan, yuz alam sendan,
Duo mendan, vafo mendan,  intiqlik, e’tibor mendan.

Sendandir davru davronlar, sendandir shuhratu shonlar,
Dardkashligu g‘amgusorlik, diydai intizor mendan.

O‘tdi umri Bandaning goh Tabrez, goh Nishopurda,
Iroq mendan, Rum mendan, Yaman mendan, Buxor mendan.

Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi