Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (1982)

Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (Bauыrjan Qarag‘ыzұlы) 1982 yil 17 oktyabrda tug‘ilgan. YuNESKOning xalqaro “Ilhom” yoshlar festivalining laureati va Gran-pri sohibi. Seydulla Boyterekov nomidagi mukofot sohibi, Qozog‘iston Musulmonlari idorasining diniy she’rlar musobaqasining ikki marta g‘olibi. «Jұmbaqtasqa jaug‘an kүz», «Өң.Men.Tүs.» she’riy kitoblari muallifi.

TUPROQ

Tuproq,
Men yasama mungdan qo‘rqaman…
Tundan qo‘rqaman duosiz.
So‘qir so‘zlardan…
Qabrga aylangan qorong‘u-u-u ko‘zlardan
aybdor kiprikni yuvgan gunohsiz yoshdan…
tavbasiz boshdan qo‘rqaman,
Tuproq!

Allohning Rahmati yog‘ar osmondan,
Mehrim yog‘adi tip-tiniq.
Ha, rost,
biz – yetimmiz yerga tashlangan,
gerdaygan Yo‘qqa,
ne
Rahim Nuriga mast bo‘lgan,
unutgan nuqtamiz – adashgan…

Tuproq,
Men, o‘zimdan qo‘rqaman…
To‘zimdan qo‘rqaman kekkaygan.
Ko‘pikli tovushga ko‘milgan
o‘tkinchi tuyg‘udan
qo‘rqaman tupr-o-oq…

Qaragin,
yomg‘ir ketib boradi…
qayga ketib boradi?
taqdir ketib boradi…
Qaragin,
Tomchi mo‘lt etib tushdi…
sho‘lp etib tushdi bir umr.
Tuproq…

Qozoqchadan Davronbek Tojialiyev tarjimasi