Ramis Risqulov (1934)

Ramis Risqulov (Ramis Rыskulov) 1934 yili Chuy viloyatida tug‘ilgan. 1951 yili Frunze pedagogika bilim yurtini, 1959 yili Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan. «Kыrgыzstan pioneri», «Leninchil jash», «Ala-Too» nashrlarida ishlagan.

Ilk she’riy to‘plami «Bahor» nomi bilan 1959 yili chop etilgan. Qirg‘iz, rus, latish tillarida bir qancha kitoblari chop etilgan. U A. S. Pushkin, V. V. Mayakovskiy, N. A. Nekrasov, A. Voznesenskiy, Hamid Olimjon she’rlarini qirg‘izchaga tarjima qilgan.

ILHOM

Erga kulgu kabi sochilar yomg‘ir,
Gullar, qutlayman sizni!
Toshlar, salom,
Yurakdan sevaman men barchangizni!
Cho‘ng zaminni tutib turar qo‘llarim,
O‘zgalar benasib saslarni
Eshitmoqdaman Betxoven yanglig‘.
Odimlarim shahdam,
Tabassumlarim tansiq.
Yoshardi, kuchga to‘ldi
Vujudim tag‘in,
Chapdastman, chaqqon.
G‘alayon ko‘tarar tomirimdan qon,
Xuddi anor ichra sharbatdek to‘lib.
Dunyoga hech qachon boqmagandim men
Bunchalar jur’atli,
Navqiron bo‘lib!

Qirg‘izchadan Mirpo‘lat Mirzayev tarjimaci