Anakreont (m.a. 559-478)

Anakreont – Qadimgi yunon shoiri. Mashhur To‘qqiz shoirdan biri.

* * *

Duldul otlar bilinadi
Qamishdayin qulog‘idan.
Gerdaygan parfiyalik ­
Kiygan baland kulohidan.
Baxtiyor oshiq-ma’shuqlar
Ko‘zi boqar ehtirosli,
To‘yib hayot nash’asidan
Xumor-xumor, nozli-nozli.

* * *

Oq oralab, siyraklashdi
Qo‘ng‘iroqsoch ­ bosh g‘ururi.
Jag‘imda tishlar bo‘shashdi,
Ko‘zlarimning so‘ndi nuri.
Oz qoldi shirin damlarim
Shiddat bilan borar o‘tib,
Parka kunlarimni sanar
Tartar meni turar kutib.
U yerda tirilib bo‘lmas,
Boshlanadi mangu firoq:
U yoqqa yo‘l ­ ochiq doim,
Qaytishga yo‘l yo‘qdir biroq.

Ruschadan Fayzi Shohismoil tarjimalari.