Ajdar O‘l (1958)

Mashhur ozarbayjon shoiri, nosir, dramaturg va tarjimon Jabiyev Ajdar Fayzulla o‘g‘li (Əjdər Ol) 1958 yilda G‘ozimammad shahrida tug‘ilgan. 1979 yilda Ganja davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, “Ishiq” (Hyp) nashriyotida musahhih, kichik muharrir, “Shur” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. She’r, davomi…

Ziraddin Qafarli (1955)

Ziraddin Qafarli (Zirəddin Qafarlı) 1955 yilda Ozarbayjonning To‘viz tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgandan keyin 1972—1973 yillarda ishchi bo‘lib ishlagan, harbiy xizmatdan so‘ng 1983—1989 yillarda M. Gorkiy nomidagi Dunyo adabiyoti institutida o‘qigan. “Yozuvchi” nashriyotida (1989— 1993), Ozarbayjon TVda (1993—1997), Adabiy targ‘ibot davomi…

Vali Xromchoyli (1955)

Vali Xromchoyli (Vəli Xramçaylı) 1955 yil 27 aprelda Sibirda tug‘ilgan. Asli Qazax tumanining Sixli qishlog‘idan. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. 1985 yildan “Ozarbayjon tabiati” jurnalida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Hozirgi vaqtda “O‘choq” gazetasining Bosh muharriri. davomi…

Asqar Rasulov (1954)

Asqar Odilo‘g‘li Rasulov (Əsgər Rəsulov) 1954 yilda Naxichevanda tug‘ilgan. 1976 yilda Ozarbayjon Davlat universiteti Sharqshunoslik fakultetining Turk tili va adabiyoti bo‘limini bitirgan. 1980 yilda “Turk filologiyasi” kafedrasida ilmiy faoliyatini boshlagan. Hozirda filologiya fanlari doktori, professor. 1976—1979 va 1989— 1995 yillarda davomi…

Abdullo Baxtoniy (1926)

Abdullo Baxtoniy (عبدالله بختانی) Nangrahor viloyatidagi Surxrud (Qizil daryo) yoqasida joylashgan Baxton qishlog‘ida 1926 yil dunyoga kelgan. Shoir Baxtoniy boshlang‘ich ma’lumotni Nangrahorda olgach, 1946 yili ana shu viloyatning maorif bo‘limida kotib bo‘lib ishlaydi, bir yil keyin Nangrahordagi pashto‘ tili kursida davomi…

Qori Abdullo (1868-1943)

Afg‘on xalqining fors tilida ijod etgan mashhur shoirlaridan yana biri Qori Abdullodir. U 1868 yili Kobulda tug‘ilgan. Otasi Hofiz Qutbiddin Qori Abdullo yosh bola vaqtidayoq vafot etib ketgan. Bo‘lajak shoir Qori Abdullo boshlang‘ich ma’lumotni uyda oladi va o‘sha davr odatiga davomi…

Shamsiddin Kokar (XVIII asr)

Shamsiddin Kokarning tug‘ilgan va vafot etgan yili haqida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz. Afg‘on olimi S. Rishtinning taxmin qilishicha, Shamsiddin Kokar 1180 hijriy (1766 melodiy)dan keyin tug‘ilgan. Chunki 1814 yilda Sardor Muhammad Azimxon Kashmir va Panjobda voliy bo‘lganida, Shamsiddin Kokar 60 davomi…

Kozimxon Shaydo (1727-1778)

Kozimxon Shaydo 1727 yilda Xattaklar nabilasi yashaydigan Saroy tumanidagi Afzalobod degan joyda tug‘ildi. Uning otasi Afzalxon Xattak, mashhur tarixchi bo‘lib (“Tarix-e murasso” asarining muallifi), Xushholxon Xattakning nabirasi edi. Kozimxon Shaydoning otasi vafot etgandan keyin, xattaklar xonligi akasi Asadullaxon qo‘liga o‘tadi. davomi…

Ahmadshoh Duroniy (1721-1771)

Ahmadshoh Duroniy (1721—1771) faqatgina afg‘on milliy davlatining asoschisi bo‘libgina qolmay (1747 yilda birinchi martaba afg‘on milliy feodal davlati barpo etiladi), XVIII asr afg‘on poeziyasining davomchisi sifatida o‘z ona tili — pashto‘ tilida lirik she’rlar yaratgan shoir hamdir. 1940 yilda Kobulda davomi…

Pirmuhammad Kokar (1708-1781)

Pirmuhammad Qandahor yaqinida yashovchi Kokar qabilasidan bo‘lib, taxminan 1708 melodiy (1120 h.) yilda Jo‘b degan yerda tug‘ilgan. U Ahmadshoh Duroniyning zamondoshi va saroy shoiri bo‘lgan. Ahmadshohning o‘g‘li shahzoda Sulaymonga ustozlik ham qilgan. Uning 1780-1781 yillargacha yashagani bizga ma’lum. Chunki Pirmuhammad davomi…