Alfred Tennison (1809-1892)

Alfred Tennison (Alfred Tennyson) Angliyaning Somersbi manzilida tavallud topgan. “Uliss”, “Tritonus”, “Artur Xollamning xotirasiga”, “Qirolning xayollari”, “Parchalan, o, dengiz, parchalan” kabi yuksak lirik she’rlar muallifi. “PARChALAN, O, DENGIZ, PARChALAN…” Parchalan, o, dengiz, parchalan, Muzday, qora toshlar uzra, sen. Mening esa davomi…

Ser Uolter Reli (1552-1618)

Ser Uolter Reli (Sir Walter Raleigh) siyosiy jarayonlar, ziddiyatli hamda talafotlarga to‘la vaziyatlar tegrasida sarson yashab o‘tgan otashqalb shoir. Reli o‘zidan betakror, nafis, qaynoq va isyonkor she’rlar qoldirdi. U vatanida ham shoir, ham harbiy, ham tadqiqotchi bo‘lib tanilgan. “ShUNDAYIN ONLAR davomi…

Dilan Tomas (1914-1953)

Dilan Tomas (Dylan Marlais Thomas) – “O‘n sakkiz she’r” (1934), “Yigirma besh she’r” (1936), “Sevgi xaritasi” (1939), “O‘lim va najot” (1946) singari to‘plamlar muallifi. “Musavvir portreti” (1940) avtobiografik qissasi, “Sut o‘rmoni” pesasi, novellalari bor. D.Tomasning lirik-falsafiy she’rlarida inson va tabiat davomi…

Galaktion Tabidze (1892-1959)

Galaktion Tabidze (გალაკტიონ ტაბიძე) – XX asr gruzin adabiyotida yorqin iz qoldirgan shoirlardan biri. Gruziya xalq shoiri (1933). Uning “San’atkorona she’rlar”, “Vatan. Hayotim”, “Yuzta she’r” kabi to‘plamlari, “Jon Rid”, “Davr”, “Inqilobiy Gruziya”, “Akakiy Sereteli” kabi dostonlari, ayniqsa, mashhur. NUR Zulmatni davomi…

Vaja Pshavela (1861-1915)

Vaja Pshavela (ვაჟა-ფშაველა) Gruziyaning tog‘li hududi – Pshavining Chargali qishlog‘ida, o‘z qadimiy an’analari, boy tarixi va qaynar buloqdek folkloriga ega bo‘lgan muhitda tug‘ilib, voyaga yetgan. Shoirni olamga tanitgan nom: “Vaja Pshavela” – “Pshavilik er” yoki “Pshavilik kishi” demakdir. U o‘z davomi…

Akakiy Sereteli (1840-1915)

Akakiy Sereteli (აკაკი წერეთელი) gruzin adabiyotini hamisha nurlantirib turuvchi, hamisha xalq e’zozi va alqovlarida yashab kelayotgan shoir. XIX asr II yarmi gruzin adabiyoti taraqqiyotiga – Ilya Chavchavadze, Vaja Pshavela kabi ulkan san’atkorlar qatorida – bu shoir ham muhtasham hissa qo‘sha davomi…

Vole Shoyinka (1934)

Akinvande Vole Babatunde Shoyinka (Vole Soyinka, Akinwande Oluwole «Wole» Soyinka, 13 iyul 1934, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg, yozuvchi, poet. She’rlarini yoruba tilida, nasr va dramani ingliz tilida yozadi. Nobel mukofoti laureati (1986). TELEFONDAGI MULOQOT Bu uy – narxi arzon, qatnovga davomi…

Lidiya Koydula (1843-1886)

Lidiya Koydula (Lydia Koidula) – eston mumtoz adabiyotining taniqli namoyandasi. Shoira, dramaturg. U Estoniyaning Vyandre shaharchasida adib va jurnalist, o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. Shahardagi qizlar Oliy maktabida o‘qib, uy o‘qituvchisi bo‘lib yetishadi. Otasi ochgan gazetada xizmat qiladi. Adabiy faoliyatini nosir sifatida davomi…

Yustinas Martsinkyavichyus (1930-2011)

Yustinas Martsinkyavichyus (Justinas Marcinkevičius) — Boltiqbo‘yi mamlakatlari adabiyotining XX asrdagi eng yorqin yulduzlaridan biri. Litva xalq shoiri. “Menga so‘z bering”, “Non ushatayotgan qo‘l”, “Yog‘och ko‘priklar”, “Olovlangan buta”, “Hayotning huzurbaxsh qo‘li”, “Yasha va shukr qil”, “O‘n ikki bahor”, “Qon va kul”, davomi…

Peteris Zirnitis (1944-2001)

Peteris Zirnitis (Pēteris Zirnītis) — latviyalik shoir. Sankt-Peterburg universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Ming qo‘ng‘iroq uyqusi”, “Sentyabr lirikasi”, “Do‘stim haqida kitob”, “Bo‘sag‘adagi guvoh”, “Ob-havo ma’lumotlari”, “Ko‘rganlarim” kabi to‘plamlariga jo bo‘lgan she’rlari Yevropaning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. TOKI IShQ BOR EKAN davomi…