Mayra Asare (1960)

Mayra Asare (Maira Asare) – shoir, yozuvchi, tarjimon. 1960 yilda Latviya­da tug‘ilgan. Muallifning “Kimdir kakku bilan o‘ynar u yoqda”, “Xanzaning sovuq alangasi”, “Tuyuga yo‘l” she’r kitoblari va “Ayollar g‘urbatxonasi” romani chop etilgan. Xalqaro Yozuvchilar uyining “Kumush siyohdon” mukofoti sovrindori.

SUZISh

Suvning o‘zani
teri, mushak, qon oqimining cho‘chib tushishi
titrar va eslaydi, teran va yorqin
nimani uhdalar inson xotiri
teri, muskul va qon oqimida
suvo‘ti, qush va baliqlarning yodi gapirar.
Sovuq havo bosh suyagimda – muzxona
Hovuchida jonim iplari.
Uzuq-uzuq boshqa bog‘lamlar –
suvda parvoz etar yarqiroq tana
mavjlangan suvo‘ti, suvning o‘q chizig‘iday.
Yana qaytish uchun
sog‘inchsiz, g‘ussasiz –
marhamatli zotning jannatdan quvilgan
onlari
sari

* * *

Yomg‘ir yog‘ayotganda
tovushini avaylab silab
osmon haqidagi xabarni eshitdik
uy, bolalik, atrofdagi narsalar
haqda shohidlik
qachondir yod olingan yaqinlarga
atalgan sevgi
yaqinmiz juda ham
kaftimizni ko‘kka qaratib
badandagi chiziqlar bo‘ylab
yo‘qolmay-netmay
bizdan chuqurroqda
yo‘l osti chorrahasi yorishib ketar
yulduzlar monand yonida ildizlari bor,
dumli yulduz kabi yaratib yo‘lin
erning rang-barang chuqurligi tomon
suvning shovullashi
suyaklar va marhumlarning ziynati
sim qoqar – yaqinlaringni sev o‘zingday
hali yomg‘ir yog‘ayotganda
totdik
sevgi totini
butkul

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi