Nastarin Vosuqiy (1972)

Nastarin Vosuqiy (نسترن وثوقی) – zamonaviy Eron shoiri, modern she’riyatining peshqadam vakillaridan biri. 1972 yil 7 iyulda Tehronda tavallud topgan. Yozish uslubi Niymo Yujish, Ahmad Shamlu, Fo‘rug‘ Farruxzod kabi shoirlar shakllantirgan “she’ri nav”ga yaqin turadi. Badiiy ijoddan tashqari u muntazam davomi…

Suhrob Sipehriy (1928-1981)

Suhrob Sipehriy (سهراب سپهری) 1928 yilda Kashan shahrida tug‘ilgan. Eron san’at institutining tasviriy san’at bo‘limida o‘qigan. Shoirning “Chaman qo‘ynida yoxud ishq oromgohi”, “Tushlardagi hayot”, “Quyoshning aylanishi”, “Suv odimining tovushi”, “Yo‘lovchi”, “Yashil hajm”, “Sakkiz kitob” nomli to‘plamlari nashr etilgan. Shoir 1981 davomi…

Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy (1939)

Doktor Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy (forscha: محمدرضا شفیعی کدکنی) hijriy-shamsiy 1318 yili, milodiy hisob bilan 1939 yilning 12 oktyabr kuni Nishopurning Kadkan qishlog‘ida tug‘ilgan. Shafe’iy Kadkaniy davrimizning yangi she’r va tamsiliy she’riyatning mashhur namoyandalaridan biridir. Uning an’anaviy va yangi klassik shakldagi davomi…

Parvin E’tisomiy (1906-1941)

XX asr Eron she’riyatining yorqin siymolaridan bo‘lmish Parvin E’tisomiy (پروین اعتصامی) 1906 yil 16 martda Tabrizda donishmand ziyoli Yusuf E’tisom ul-Mulk oilasida tug‘ilgan. Asl ismi Raxshoda bo‘lgan Parvin 6 yoshidan oilasi bilan Tabrizdan Tehronga ko‘chib keladi. Parvin ibtidoiy tahsilni Tehron davomi…

Gerus Abdolmalikiyon (1980)

Gerus Abdolmalikiyon (گروس عبدالملکیان) 1980 yil 10-oktyabrda Tehron shahrida tug‘ilgan. Eronning mashhur shoiri Muhammad Rezo Abdolmalikiyonning o‘g‘li. U 11 yoshidan she’rlar mashq qila boshlagan. Ilk she’rlari «Kayhon» jurnalida chop etilgan. 2003 yili Tehron Ozod universitetining sanoat muhandisligi fakultetini bitirgan. «Pinhon davomi…

Mustafo Rahmondo‘st (1950)

Mustafo Rahmondo‘st (مصطفی رحماندوست) – eronlik shoir. 1950 yil 22 iyunda Hamadonda tug‘ilgan. KIChIK ELChI Daraxtlarning ko‘k barglari Qizardi, sarg‘aydi. Ko‘m-ko‘k pechak holsizlanib To‘xtaydi, qaltiraydi. Bog‘ning xursand lablarida Xursandlik so‘ndi birdan. To‘ldi qo‘shiq to‘la bog‘lar Qarg‘alar qag‘i bilan. Daryolarda suv davomi…

Ehson Tabariy (1917-1989)

Ehson Tabariy (احسان طبری) – eronlik shoir, siyosatchi. SAN’AT She’riyat yaralmas, gar bo‘lmasa dard, San’atga ilm o‘zi yetmog‘i gumon, Yong‘in lovullashi uchun uchqun shart: Muzlagan ko‘ngilda yonmas hayajon. So‘zamol Sahbonning qalbidagi o‘t, So‘zidagi vulqon, tildagi shiddat Qalbi tosh, gunglarda bo‘lmagay davomi…

Nodir Nodirpur (1929-2000)

Eron she’riyatida o‘ziga xos tasvir uslubiga ega iqtidorli shoir Nodir Nodirpur (نادر نادرپور) Tehronda tug‘ilgan. Parijning Sarbonna universitetida frantsuz tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qigan. Eronga qaytib, ma’lum muddat Madaniyat vazirligida, so‘ng “Hunar va mardum”, “Naqshu nigor” jurnallarida ishlagan. 1972-1978 yillarda davomi…


Maqolalar mundarijasi