Yugasya Kalyada (1981)

Yugasya Kalyada 1981 yilda Belorussiyada tug‘ilgan. Belorussiya Davlat pedagogika universitetining tarix fakultetini tamomlagan. She’r va hikoyalar yozadi.

QOR TANOVUL QILDIM

Qor tanovul qildim tushimda,
Erib ketdi tomirimda u.
Ko‘chaning olifta tuzlangan qorin,
Kirchikkan qorni derazadagi.

mandarintus qorni fonus qoshida
chekka-chekkasidan balanddan pastga
yanvarning qaytadan ekilgan qorin
shovqin harakatin va ulovlarning

qor, olovda qutlangan qorni,
iffatli – ipakning oy qirqimlari,
qor – yerga qo‘ngan uchqur bir nigoh,
kimnidir kutgan umrbod.

Erigan, qumli, chekib tashlangan
Kiyev osmonidan pastga o‘rlagan,
quchoq ochgan menga pillapoyadan
qor tanovul qildim – daryoman men.

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi