Xiren Bxattachariya

INSON, DALA, TER VA QON

Yuztuban yiqildi odam qo‘lidan
Tortib olishganda aziz yerini.
Bu unumdor yerni po‘lat omochda
Haydashdi, ekishdi don-jo‘xorini.

Sarob ko‘rinadi oldda suv bo‘lib,
Qup-quruq yer faqat xayolga to‘lar.
Kuygancha qovjirab boradi tuproq,
Toliqdi daryolar, irmoqlar, ko‘llar.

Donlar sochiladi. Bog‘lar, paykallar.
Kechki payt qo‘raga qo‘ylar boylandi.
Suvsiz, qaqrab, katta dalada odam
Terlari qop-qora qonga aylandi.

O‘TINCh

G‘aroyib – ajoyib dunyoni
She’rimga to‘ldiray deya o‘tindim.
Bahaybat yalang‘och tana oldida
Qonning hidi ketdi, o‘lim chekindi.

Bu tanish so‘zlarga yo‘qday toqatim,
Ozodlik tuhfa et po‘latday, hali –
Mukammallik yo‘qdir shamshirda aslo,
Haqiqiy hayot ber o‘tli, dolg‘ali.

Ingliz tilidan Oygul Suyundiqova va Zuhra Asqarova tarjimaci